SmartQ U7 — dunyoda birinchi kiritilgan proyektori bilan planshet

Yangi mahsulotlar jadal sur’atlarda paydo bo‘lib borar ekan, planshetli kompyuterlar bozorida keyingi paytlarda protsessor quvvatini oshirish va narxini pasaytirishga katta harakat qilinmoqda. Shu sababli yaqinda Xitoyning Smart Devices kompaniyasi taqdimoti kabi ma’lumotlar qiziqarli bo‘lib bormoqda. Kompaniya vakillari dunyoda birinchi kiritilgan proyektorli planshetnikni namoyish etdilar.

SmartQ U7 nomli model ikki variantda taklif etiladi, ular deyarli bir xil. Asosiy ko‘rsatkichlari sifatida 7-dyuymli sensorli, 1024×600 pikselli IPS-ekranlari va 854×480 piksellar zichligi bilan 50-dyuymli tasvir namoyish etish imkoniyatlari ko‘rsatiladi.

Planshet ikki variantlari o‘rtasidagi farqi protsessor modeli va kiritilgan xotira hajmidan iborat. Kichik modelida TI OMAP 4430 protsessori va 8 gigabayt xotira, katta modelida esa — TI OMAP 4460 protsessor va 16 gigabayt xotirasi bo‘ladi.

Umuman olganda, microSD sloti mavjudligini hisobga olsak, qurilmalar o‘rtasidagi haqiqiy farq protsessor modelidan iborat bo‘ladi (ikkalasi — ikki yadroli ARM Cortex-A9, lekin birinchisi 1 GGts, ikkinchisi esa — 1,5GGts chastota bilan ishlaydi). Operatsion tizim sifatida Android 4.1.1 foydalaniladi. Ikki versiyalarining narxi jamlanma to‘plamiga qarab, $315 va $400 bo‘ladi.

Manba: http://en.smartdevice.com.cn

Orphus system