Parovoz ko‘rinishida ShK uchun korpus

Computex-2012 elektronika ko‘rgazmasi doirasida Lian Li kompaniyasi tashrif buyurganlarga parovoz shaklida bajarilgan o‘zgacha kompyuter korpusini namoyish etdi. Endi loyihachi ko‘rgazma namunalaridan seriyali mahsulotga aylangan PC-CK101 nomli modelini yaqin orada savdoga chiqarishini rasman e’lon qildi.

Хаridorga korpus ikki modifikatsiya: PC-CK101 Standard va PC-CK101 Premiumda taqdim etiladi. Birinchisidan farqli ravishda, Premium versiyasi to‘plamda taqdim etiladigan kichik temir yo‘lda mustaqil ravishda harakatlanishi mumkin.

Korpus to‘laligicha alyuminiydan ishlangan va shartli ravishda ikki qismga ajratilgan. Og‘irligi 4,1 kilogrammni, uning kattaliklari 185x258x515 mm ni tashkil qiladi. Model kattaligi mini-ITX turidagi ona platalar bilan mos, sovutish uchun esa 120 millimetrli ventilyatordan foydalaniladi. 300 Vt quvvatli energiya olish bloki mashinist kabinasida joylashgan, bug‘li dvigatel o‘rnida esa 2,5 dyuymli yoki 3,5 dyuymli jamlovchini hamda optik privodni joylashtirish mumkin. Korpus old tomonida svetodiodli indikator bilan quvvat olish tugmasi, yon tomonida esa bir necha USB 3.0. razyomlari joylashgan. PC-CK101 Standard va PC-CK101 Premium korpuslarining narxi $279 va $379 ni tashkil etadi.

Manba: www.ferra.ru

Orphus system