NTT mutaxassislari 1 Pbit/s tezlik bilan optik tola bo‘yicha ma’lumotlar uzatishni namoyish etdilar
06.11.2012
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Yaponiyaning NTT telekommunikatsiya kompaniyasi 52,4 km masofaga 1 Pbit/s tezlik bilan ma’lumotlar uzatishni namoyish etdi. NTT mutaxassislarning fikrida ko‘ra, avvalgi 305 Tbit/s ko‘rsatkichdan ancha ustun bo‘lgan «optik tola bir bog‘lamining o‘tkazish qobiliyati jahon rekordi» o‘rnatildi. Bu bugungi kunda tijorat foydalanilishida bo‘lgan kabellar ko‘rsatkichidan 1000 marta yuqori ko‘rsatkich. Mana shunday o‘tkazish qobiliyati bilan ulanish 5000 ikki soatli HDTV video yozuvlarini bir soniyada uzatishni ta’minlashi mumkin edi — NTT yutuqlar mana shunday misollar bilan namoyish etiladi.

Tadqiqotchilarning baholashlari bo‘yicha yaqin o‘n yillikda ma’lumotlarni iste’mol qilish bir necha bor ortadi, buning uchun yanada yuqori tezlikdagi kanallar talab etiladi. Optik kabellar zamonaviy texnologiyalari hozircha bunday imkoniyatni bermaydi. Tolada kolonkada 12 ta bir modellarni to‘g‘ri joylashtirish hisobiga 1 Pbit/s tezlikka erishish mumkin bo‘ldi. Bu bir tolada ko‘p sonli modellarni joylashtirishda yo‘qotishlarning ortishi sababi hisoblangan kesishuvchi to‘siqlarni kamaytirishga imkon berdi. Rasmda chap tomonida serdechniklar odatiy joylashishi, o‘ng tomonda — o‘zaro ta’sir ko‘rsatish faqat ikki qo‘shni serdechniklarda kuzatiladigan yangi joylashish ko‘rsatilgan.

Bundan tashqari, tadqiqotchilar modulyatsiya yangi sxemasini qo‘lladilar, u 10 barobar samarali o‘tkazish qobiliyatidan foydalaniladi.

Manbа: http://www.ntt.co

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq