IDC 2012-yilda planshetlar bozori hajmi oshishini taxmin qilmoqda

Planshetlarga barqaror ehtiyoj va to‘rtinchi chorakda talabning oshishi taxminlari IDC kompaniyasiga 2012-yilda planshetniklar bozori hajmi bo‘yicha ilgarigi taxminlarini o‘sish tomoniga tuzatishiga imkon berdi.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyida SHK bozori o‘sishi xususida IDC o‘z taxminini o‘zgartirdi. Ammo ushbu holatda tuzatish kamayishi tomoniga o‘zgartirildi. Ushbu taxminlar o‘zaro bog‘liqdir — aynan planshetlar xaridorlar e’tiborini o‘ziga qaratdi deb hisoblanadi.

Shunday qilib, IDC mutaxassislari tomonidan tayyorlangan 2012-yilga planshetlar bozori hajmi yangi taxmini, yanvardan to dekabrgacha 12 oy davomida 17,1 mln. qurilmalar ishlab chiqariladi deb ko‘rsatadi. Avvalgi taxminda analitiklar 107,4 mln. qurilmalar ishlab chiqarilishi ko‘rsatgan edilar.

Shu bilan bir vaqtda, 2013-yil taxminlari ham 142,8 mln. donadan 165,9 mln. donaga o‘zgartirildi. Analitiklar yanada uzoq kelajakni taxmin qilishga ham urinmoqdalar. Ularning fikrlari bo‘yicha 2016-yilda bozor hajmi 261,4 mln. donaga yetadi. Shu davrga kelib, s iOS modellari bu yilda bo‘lgani kabi 58 foizni emas, balki 60 foizni tashkil etadi.

Android bilan modellar ulushi ham 38,9 foizdan to 35,3 foizgacha qisqaradi. Windows planshetlari esa 2016-yilda bozorning 11foizini egallashi mumkin (bu yilda ularning ulushi 4 foizdan oshmaydi).

Manba: www.idc.com

Orphus system