Domen nomlari nomi jahonda 240 millionga yetdi
06.11.2012
Rukn: Internet.
Muallif: .

Verisign kompaniyasining ma’lumotlari bo‘yicha shu davrga kelib, jahonda ro‘yxatga olingan domen nomlari umumiy soni 240 mln.ga yetdi. 2012-yil mart oyidan ushbu ko‘rsatkich 3,1 foizga yoki 7,3 mln.ga oshdi.

240 mln.dan COM ulushi deyarli 104 mln. ro‘yxatga olishni tashkil qildi, NET’ga esa — 14,8 mln. zonalarda umumiy o‘sish 1,6 foizni tashkil etdi.

2012-yil birinchi choragi natijalariga nisbatan eng ommaviy zonalar reytingi o‘zgardi. TK (Tokelau) domeni UK (Buyuk Britaniya), ORG va INFO domenlarini pastga surib yettinchi o‘rindan to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarildi. Xitoyning CN Milliy zonasi eng ommaviy domenlari o‘nligidan EU (Yevropa Ittifoqi) domenini siqib chiqarib, o‘nlikdan joy oldi.

Milliy domenlar
Milliy zonalarda 100,3 mln nomlar qayd etilgan. Bu ko‘rsatkich yilning birinchi choragidagidan 5,7% yoki 5,4 mln. ga ko‘p.

Tokelau (TK), Xitoy (CN) va Braziliya (BR) domenlarida ro‘yxatga olish soni doimiy o‘sib borishi kuzatilmoqda.

Yuqori darajali Milliy domenlar orasida Germaniya (DE), Tokelau (TK) va Buyuk Britaniya (UK) zonalari eng ommaviy bo‘ldi.

Manba: http://info.nic.ru

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq