2012-yilda onlayn-o‘yinlar Rossiya bozori hajmi $950 mln.ni tashkil etadi

J’son & Partners Consulting kompaniyasi Rossiyada onlayn-o‘yinlar bozorini o‘rganish natijalarini va uning 2016-yilgacha rivojlanishi taxminlarini taqdim etdi.

Tadqiqotning maqsadi bozorning holati va uning rivojlanishi dinamikasi haqida to‘la axborotni taqdim etuvchi onlayn-o‘yinlar Rossiya bozorini tahlil qilish hisoblanadi. Tadqiqotda bozorning uchta — MMO-o‘yinlari, ijtimoiy tarmoqda o‘yinlar va kazual o‘yinlar segmenti batafsil o‘rganildi.

Tadqiqotda bozorning asosiy o‘yinchilari muhim loyihalari ham tahlil qilindi, Rossiyada va jahonda onlayn-o‘yinlar bozorlari asosiy jarayonlari va ularning 2016-yilgacha rivojlanishi taxminlari ko‘rib chiqildi.

J’son & Partners Consulting baholashi bo‘yicha onlayn-o‘yinlar jahon bozori hajmi 2012-yilda $24,5 mlrd. ni tashkil etdi. Umuman olganda, onlayn-o‘yinlar bozori 2012-yil dan to 2016-yilgacha davrda barqaror rivojlanib boradi va 2016-yilda $33,5 mlrd. ga yetadi. MMO-o‘yinlar bozori barqaror o‘sishda davom etadi; o‘yinlardan daromadning o‘sishi katta bo‘lmaydi; ijtimoiy tarmoqlarda o‘yinlar rivojlanishi dinamikasi 2010-2011 yillarga nisbatan biroz sekinlashadi, ammo ijobiyligicha qoladi.

J&P baholashi bo‘yicha 2016-yilda Rossiya aholisining har bir uchinchi shaxsi turli xildagi onlayn-o‘yinlar, auditoriya onlayn-o‘yinlari o‘ynaydi va 2016-yilda 56,46 mln. kishini tashkil etadi.

J’son & Partners Consulting taxminlari bo‘yicha, Rossiyaning o‘yin auditoriyasi o‘sib boradi, bu faqat onlayn-o‘yinlar emas, balki offlayn-loyihalarga ham taalluqli. Raqamli o‘yinlar kirib borishi ortadi, odamlar videoo‘yinlarga borgan sari ko‘proq to‘laqonli hordiq chiqarish sifatida qaramoqdalar. Onlayn-o‘yinlar — nafaqat ijtimoiy o‘yinlar bilan faqat yoshlar auditoriyasi (talabalar va maktab o‘quvchilari) emas balki ancha katta yoshli avlod ham qiziqmoqda. Aynan raqamli o‘yinlarni iste’mol qilish umumiy o‘sishi hisobiga o‘yin industriyasining jadal rivojlanishi kuzatilmoqda.

Rossiya bozorida o‘yinlarning ko‘pchiligi shartli holda bepul bo‘ladi, J’son & Partners Consulting ekspertlari onlayn-o‘yinlar barcha segmentlari uchun Free-to-Play modeli bo‘yicha tarqatiladigan o‘yinlarning o‘sishi kuchayib borayotganligini ta’kidlamoqdalar.

Ijtimoiy o‘yinlar segmenti Rossiyada onlayn-o‘yinchilar soni bo‘yicha yetakchi hisoblanadi, ushbu segment 2011–2012 yillarda 40 foizli o‘sishni ko‘rsatdi. Mail.Ru, Social Quantum, API Tech kompaniyalari Rossiyada ijtimoiy o‘yinlar bozori asosiy o‘yinchilari hisoblanadilar. J’son & Partners Consulting ekspertlari 2012-yildan 2016-yilgacha davrda ijtimoiy o‘yinlar bozori rivojlanishi pasayishini taxmin qilmoqdalar. Daromad olishi bo‘yicha MMO-o‘yinlar segmenti yetakchi bo‘ladi: 2012-yildan 2016-yilgacha MMO-o‘yinlar segmenti onlayn-o‘yinlar bozori taxminan 60 foizni egallaydi. MMO-o‘yinlari segmentida Mail.Ru, «Innova Sistems», Wargaming.net. kompaniyalari ushbu vaziyatda asosiy o‘yinchilar hisoblanadi.

ММО-o‘yinlari bozori Rossiyada jadal rivojlanmoqda va 2012–2016 yillar davomida barqaror o‘sishda davom etadi. Bozorning asosiy o‘yinchilari — Mail.Ru, «Innova Sistems», Nival, Nikita Online kompaniyalari hisoblanadi. Wargaming.net kompaniyasining World of Tanks loyihasining paydo bo‘lishini bozorning asosiy hodisasi deb aytish mumkin, chunki u shu davrgacha MMO-o‘yinlari o‘ynamagan yangi auditoriya: 27 yoshdan katta erkaklar (ko‘p qismi) va ayollarni jalb etishga muvaffaq bo‘ldi.

O‘yinlar ancha barqaror o‘sishni ko‘rsatmoqda, bu o‘sish 2016-yilgacha davom etadi. Alawar Entertainment va Nevosoft kompaniyalari ushbu bozor asosiy o‘yinchilari hisoblanadilar.

J’son & Partners Consulting baholashi bo‘yicha, onlayn-o‘yinlar Rossiya bozori hajmi (ММО, ijyimoiy o‘yinlar) 2012-yilda $950 mln. ni tashkil qiladi.

2012-yilda Rossiyada MMO-o‘yinlar bozori asosiy rivojlanish omillari, J&P vakillarining fikrlari bo‘yicha: yangi nostandart loyihalarning paydo bo‘lishi; Free-to-Play modeli mijozlik va brauzer o‘yinlari rivojlanishi; sessiyali o‘yinlar ommaviyligining o‘sishi, bu yerda foydalanuvchilar qisqa vaqtli o‘yin partiyalarini o‘ynaydilar; shartli-bepul onlayn-o‘yinlarining tarqatilishi sababli qaroqchilik ulushining pasayishi; faqat Rossiya emas, balki jahon bozorlariga ham mo‘ljallangan loyihalarning yo‘lga qo‘yilishidan iborat.

Shu bilan birga, ijtimoiy o‘yinlar bozori rivoji Rossiyada — loyihachilar va o‘yinchilarning mobil loyihalarga o‘tishi, kross-platformali mahsulotlarning paydo bo‘lishi, MMO-o‘yinlarining paydo bo‘lishi va Free-to-play modelining o‘sib borishidan iborat bo‘ladi.

Manba: www.cnews.ru

Orphus system