$140 ga GSM-moduli bilan Funbook Talk plansheti

Hindistonning Micromax kompaniyasi yangi Funbook Talk planshetli kompyuterini bozorga chiqarishini ma’lum qildi. Android 4.0 operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlovchi yangi mahsulot, arzon segmentga mo‘ljallangan.

Planshetning muhim ajralib turuvchi xususiyatlaridan GSM tarmoqlarida qo‘ng‘iroqlarni qabul qilishini aytib o‘tish mumkin. Har qanday planshet ham mobil aloqa kommunikatsiyali moduli mavjudligi bilan maqtana olmaydi. Shu bilan birga, ko‘pincha 3G yoki LTE modullaridan foydalaniladi. Funbook Talk ARM Cortex A8 yadrosi asosidagi 1-GGts protsessor, 512 Mbayt operativ xotira, 4 Gbayt kiritilgan flesh-xotiradan iborat. Flesh-xotirasini 32 Gbayt sig‘imgacha bo‘lgan microSD kartasi yordamida kengaytirish mumkin. 800 x 480 piksellar zichligiga ega 7-dyuymli keng displeyni ham aytib o‘tish kerak. Video qo‘ng‘iroqlar uchun VGA-kamera ko‘zda tutilgan. Planshet mini-HDMI porti va Wi-Fi-moduli bilan ta’minlangan, 2800 mAch sig‘imli akkumulyator esa so‘zlashuv rejimida besh soatgacha ishlashni ta’minlaydi. Yangi mahsulotning narxi haqiqatda arzon — atigi $140.

Orphus system