Mo‘jizali “tabletka”! “Bilayn”dan Samsung Galaxy Tab 2 plansheti
02.11.2012
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Tahlilchilarning noutbuklar va, xususan netbuklar savdosi planshetli ShK (eng avvalo internet-planshetlar) ommalashuvi hisobiga ulkan qadamlar bilan pasayishi haqidagi xabarlarini o‘qib, mohiyati bo‘yicha bu “shunchaki katta smartfonlar” netbuklar, ultrabuklar va noutbuklar asosidagi turli xildagi transformerlar bozorini egallab oliganligiga ishonmaydi odam.

Biroq Unitel kompaniyasidan (“Bilayn” savdo belgisi) Samsung Galaxy Tab 2 ni tanishib chiqish uchun olib, biz ushbu mo‘jizali tabletkani hurmat bilan anglab oldik. Ushbu toifadagi uskunaning qisqacha tavsifidan boshlaymiz.

Internet-planshet (ingl. Internet tablet yoki Web tablet — Veb-planshet) — bu ekranining diagonali 4 dan 11 dyuymgacha bo‘lgan, o‘zida noutbuk hamda smartfon sifatlarini uyg‘unlashtirgan planshetli kompyuterlar turi. Internet-planshetlar, odatda, Internet tarmog‘iga Wi-Fi yoki 3G/4G-ulanish orqali doimiy ravishda ulangan bo‘lish imkoniyatiga ega. Shunig uchun internet-planshetlardan veb-serfing (veb-saytlar va veb-sahifalarni ko‘rib chiqish), veb-iloqalarni ishga tushirish hamda qandaydir veb-xizmatlar birgalikda ishlash uchun foydalanish qulay. Internet-planshetni boshqarish uchun sensorli ekrandan foydalaniladi, u barmoqlarni bosishiga javob qaytaradi, bunda fizik klaviaturva va sichqondan foydalanilmaydi.

Deyarli barcha zamonaviy internet-planshetlar multitach-harakatlardan dasturlarni boshqarishda foydalanish imkonini beradi. Kompyuterlarning mazkur oilasining asosiy farqli xususiyati — IBM PC-kompyuterlari bilan apparat jihatdan mos kelmaslik va ularda o‘rnatilgan, odatda smartfonlarda foydalaniladigan mobil operatsion tizimlarning turi.

Samsung Galaxy Tab 2 plansheti bizning bozorda “Bilayn” uyali aloqa operatori tomonidan sotilayotgan Samsung Galaxy Tab seriyasidagi uskunaning yangi versiyasi hisoblanadi.

Planshet 256,6 x 175,3 x 9,7 mm o‘lchamiga ega va og‘irligi 587 gramm. Unda TI OMAP4430 1000 MGs li ikki yadroli protsessor va diagonali bo‘yicha 10,1 dyuymli sensorli sig‘imli multitach ekran o‘rnatilgan. Operatsion tizim sifatida Android 4.0 (Ice Cream Sandwich) ishlatiladi, operativ xotira hajmi 1 Gb va o‘rnatilganniki — 16 Gb ni tashkil qiladi.

Planshetda quyidagi standartlardagi uyali aloqa amal qiladi: GSM va EDGE diapazonlari — 850/900/1800/1900 MGs, 3G diapazon — 850/900/1900/2100 MGs, GPRS Klass 33, EDGE Klass 33, 3G HSPA+ 21 Mbit/s gacha, HSUPA 5,76 Mbit/s gacha.

Samsung Galaxy Tab 2 tashqi ko’rinishi hamda yig’ilish sifati – eng yuqori darajada. Barmoq hamda qo‘l izlari faqatgina ekranda qoladi, biroq ular juda oson yo‘qotiladi. Ekran o‘ta mustahkam toblangan shisha bilan himoyalangan. Shunday ekan, hatto uzoq muddatli foydalanishdan so‘ng ham hech qanday tirnoq izlari qolmaydi.

Panelning yuza qismida frontal kamera va yorug‘lik datchigi joylashgan. Datchik tez javob qaytaradi va ekran yorug‘ligi darjasini ravonlik bilan boshqarib turadi. Yoqish tugmasi, ovozni boshqaruvchi klavisha-kachelka, microSD joyi, standartli 3,5 mm udio chiqish va oddiy SIM-karta uchun slot tepa qismda joylashgan.Uskunaning pastki qismda mikrofon hamda Samsung korxona o‘yma yozuvi bor. Apparatning orqa tomonida — asosiy 3MP-kamera.

SIM-kartalar sifatida standartlilari ishlatilishi juda qulay (mikro ham emas, nano ham emas).

Ekran diagonali 10,1 dyuymni tashkil qiladi (217 x 127 mm), kenglik 1280 x 800 nuqtalar (150 piksellar 1 dyuymga), 16 million ranglar aks etadi, matrisa turi — PLS-LCD (IPS-matritsalarning bir turi — Plane to Line Switching), sensor turi — sig‘imli, bir paytning o‘zida 10 tagacha urishga amal qiladi. Sensor qatlamining sezish qobiliyati a’lo darajada.

Yorug‘lik datchigi yordamida ekran yorqinligini avtomatik tarzda boshqarilishiga qaramay, quyoshda displey yorqinligi tez pasayadi. Shunday bo‘lsa-da, kun yorug‘ida ekran, agar u to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlari bilan yoritilmasa, yetarli darajada yorqin va ranglar haqqoniy.

Protsessorning quvvati juda quvontirdi. Bu Samsung Galaxy S III dagi kabi to‘rtta yadroli protsessor bo‘lmasa-da, ikki yadroli, 1 GGs takt chastotali TI OMAP4430 Cortex-A9 protsessor yuqori samaradorlikni namoyish qiladi. Chipset to‘rtinchi OMAP avlodiga tegishi, u dasturlanadigan DSP bilan apparatli multimediyali tezlatgichni o‘z ichiga oladi, bu 1080p Full HD-videoni kodirovka/dekodirovka qilish imkonini beradi. Umuman olganda protsessorning samaradorligi ko‘pchilik zamonaviy o‘yinlar uchun yetarli hisoblanadi.

Samsung Galaxy Tab 2 plansheti GPS-navigator bilan jihozlangan. GPS bilan birgalikda ishlatish uchun ilovalar sifatida “Manzillar”, “Xaritalar», “Lokator” va “Navigator” o‘rnatilgan.

Aytgancha, planshetdan xuddi oddiy smartfondagi kabi xabarlar jo‘natish, qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish mumkin. Xatto vibrochaqiruv funksiyasi ham mavjud.

Samsung Galaxy Tab 2 planshetida ikkita kamera o‘rnatilgan: videoqo‘ng‘iroqlar uchun frontal — 0,3 MP katta ravshanlikka ega. Asosiy 3,2 MP-kamera, afsuski, avtofokus hamda vspishkaga ega emas. Bunda kamera yomon emas va 2048 x 1536 pikselgacha katta hajmni beradi. Tasvirga olish rejimlari: standart/avtoportret. Fotoeffektlar: kulrang, negativ, to‘q jigarrang. Oq rang balansi: avtomatik / kunduzgi yorug‘lik / yorqin yorug‘lik / fluoressent yorug‘lik / xira yorug‘lik. Yorug‘likni sezishlik: avtomatik sozlanish. Video ishga tushishi: 3GPP, ASF, AVI, MP4, WMV, FLV, MKV, WebM. HD-videoni yozish. Videoxabarlar: H.264. Video oqimini yetkazish amal qiladi. Videotelefoniya: H.264. Videoroliklar sekundiga 30 ta kadr tezlikda 720r (1280 x 720 pikselgacha) kenglikda yoziladi.

Samsung Galaxy Tab 2 plansheti ajralmas, sig‘imi 7000 mAs bo‘lgan litiy-polimerli batareya bilan jihozlangan. Ishlabyu chiqaruvchining ma’lumotlariga ko‘ra, to‘liq zaryad so‘zlashuv rejimida 10 soatga va kutish rejimida 2000 soatga yetishi kerak. Tanishuvimiz yakunlari bo‘yicha shuni tasditqlashimizx mumkin-ki, ekranning to‘la ravshaligida videokontent ishga tushirilishida va o‘rnatilgan dinamiklardan ovoz chiqarilishida akkumulyator sig‘imi 6 soat 2 daqiqaga yetdi. Veb-serfing rejimida, yoqilgan Wi-Fi adapterda va ekran yorqinligining avtomatik sozlanganligida, planshet qariyb 8 soat ishladi. O‘rnatilgan akkumulyator sig‘imi juda yaxshigina. Qayd qilish joiz, USB standart portidan planshet aryad olmaydi, tarmoq adapteridan to‘liq zaryadlash uchun qariyb 3,5 soat talab qilinadi.

Mazkur tanishuv yakunlari bo‘yicha aytishimiz mumkin-ki, Samsung Galaxy Tab 2 — ajoyib djizaynga, a’lo darajadagi sensorli ekranga, yetarli darajadagi quvvatli protsessorga ega kuchli planshet va Android 4.0 (Ice Cream Sandwich) OT yangi versiyasi bilan boshqariladi. Ishlab chiqaruvchidan berilgan firmaga oid ilovalar hamda minglab dasturlarni Android Market “ilovalar do‘koni”dan yuklab olish imkoniyati hisobiga foydalanuvchida na kontent, na dasturlar bilan bog‘liq muammolar yuzaga keladi.

Planshet yaxshi kommunikatsion imkoniyatlarga ega: 3.0 versiyali Bluetooth, unda Internetni “tarqatish” (“Wi-Fi Hotspot” ulanish nuqtasi) imkoniga ega a/b/g/n (Dual-band) standartlaridagi A2DP, Wi-Fi stereoprofillar amal qiladi va USB 2.0 (ochig‘i, korxona ishlovi).

“Bilayn” kompaniyasi Samsung Galaxy Tab 2 ni tamoman raqobatli narx 1 mln. 599 ming so‘mga sotayotganligini aytib o‘tish qoldi, bunga yana qo‘shimcha ravishda bepul internet-trafik ko‘rinishida bonuslar taqdim etiladi. Bizning nazarimizda, bu arzon narxdagi a’lo darjadagi tanlov. Eng asosiysi, ishlab chiqaruvchidan bo‘lgan yaxshi kafolat bilan — ulangan kundan boshlab 1 yil.

Jurnal tahririyati“Unitel”MCHJ (“Bilayn” savdo belgisi)ga tanishib chiqishga taqdim etilgan Samsung Galaxy Tab 2 plansheti uchun o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq