“Bilayn” aylanuvchan USB-konnektorli yangi Huawei E188 3G-modemni taqdim qiladi
02.11.2012
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) qo‘zg‘aluvchan USB-konnektorli Huawei 3G-modemining yangi modelini taqdim etadi. U devaysni foydalanuvchiga qulay bo‘lgan istalgan holatda kompyuterga ulash imkonini beradi.

“Endilikda “mobil Internet” atamasi “Bilayn” mijozlari uchun yana bir ahamiyat kasb etadi, – voqeani sharhlaydi Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmatini Katta menejeri Oraz Abdurazakov. – Huawei E188 abonentlarga o‘z kompyuterlari va noutbuklaridan maksimal darajada qulaylikda foydalanish imkonini beradi, bunda uskunaning ergonomikligi yuqori texnik ko‘rsatkichlar saqlangan holda kuchayadi”.

Modemning asosiy xossalari:
• HSDPA/UMTS 2100/900 MGs
• EDGE/GPRS/GSM 850/900/1800/1900 Mgs
• Ma’lumotlarni qabul qilish tezligi – 7,2 Mbit/s gacha
• Ma’lumotlarni uzatish tezligi – 5,76 Mbit/s gacha
• Voice, USSD, SMS amal qiladi
• 4 Gb gacha bo‘lgan MicroSD qo‘llaniladi

Tizimli talablar:
• Windows 2000/XR/Vista/7, Mac OS X 10.4 va undan yuqori operatsion talablar
• Qattiq diskda 50 MB va undan ortiq bo‘sh joy
• Pentium 4 markaziy protsessor (CPU), chastota 1 GGs yoki undan yuqori
• 128 MB operativ xotira va undan yuqori

Huawei E188 bilan “USB-modem Bilayn” xizmatiga ulanish bahosi – 149 000 so‘m, undan 4 000 kelasi xarajatlar hisobiga balansga tushadi. Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq