“Bilayn” ommaviy ijtimoiy tarmoqlarga bepul kiruvchi birinchi Zo‘r-Zo‘r smartfonini sotishni boshladi

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) mavsumning eng yoshlarbop smartfoni – Zo‘r-Zo‘r Honorni taqdim etadi.

Yangi devays yoqori texnik tavsif hamda operatordan a’lo darajadagi bonuslarni birlashtiradi. Har bir Zo‘r-Zo‘r Honor xarid qilganga yarim yil ichida bepul tarzda “Оdnoklassniki”, “Moy mir”, “Vkontakte”, “Facebook”, “Olam.uz”, “cafe.zorzor”, “Muloqot.uz”, “Sinfdosh.uz”, “Linkedin.com”, “Twitter” va “Mail.ru Аgent” ijtimoiy tarmoqlarining mobil versiyalaridan foydalanish imkoni beriladi.

“Ijtimoiy maydonlar mamlakatimizda kundan-kunga ommalashib bormoqda, buni Facebook, “Оdnoklassniki” va Twitter tarmoqlaridagi Beeline Uzbekistan sahifasi misolida ko‘rib turibmiz, – deydi Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov. – Ijtimoiy tarmoqlarda bemalol moloqot qilish – yoshlar uchun ayni muddao ekan, yangi smartfon bilan shuni taklif qilamiz. Ishonamanki, rusumli va zamonaviy Zo‘r-Zo‘r Honor mijozlarimiz uchun Internet olamida ajoyib yo‘lboshchisiga aylanadi”.

Telefon “Bilayn” ofislarida Zo‘r-Zo‘r tarifi bilan sotiladi. Zo‘r-Zo‘r Honor bahosi – 799 000 so‘m. Smarfonni ham naqd pul, ham bank plastic kartasi orqali to‘lash yo‘li bilan xarid qilish mumkin. Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system