Ucell’dan O‘zbekiston jurnalistlari uchun ijodiy tanlov
31.10.2012
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi ko‘magida «Ucell» savdo belgisi ostida mobil aloqa xizmatini taqdim etuvchi «COSCOM» MCHJ XK, shuningdek, «UzReport» Axborot–reyting agentligi O‘zbekiston OAV’ning hududiy bosma va internet nashrlar jurnalistlari uchun «O‘zbekistonda telekommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishda Ucell kompaniyasining roli» mavzusidagi ijodiy tanlovni e’lon qiladi.

Tanlov Ucell Kompaniyasining O‘zbekistondagi faoliyatini baholash hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20 yilligiga bag‘ishlanadi. Tanlovdan ko‘zlangan maqsad — O‘zbekiston aholisini sifatli aloqa xizmatlari bilan ta’minlash ishida Ucell kompaniyasining faoliyati, kompaniya brendining ahamiyati, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, biror-bir viloyat ahlini mobil aloqa hamda mobil internet bilan ta’minlash natijasida jamiyatda yuz bergan ijobiy o‘zgarishlar hamda respublikada Ucell kompaniyasining faoliyati bilan bog‘liq boshqa voqea, hodisa, jarayonlar to‘g‘risidagi chop etilgan materiallar uchun jurnalistlarni taqdirlashdan iborat.

“Biz nafaqat keng ko‘lamli nashrlarni, balki oddiy insonlarning mobil aloqaga ega bo‘lish bilan bog‘liq hikoyalarini ham o‘qishni istardik. Ehtimol, mobil aloqaning mavjudligi o‘z uyidan olisda ta’lim olayotgan yoki ishlayotgan farzandlar bilan ota–onalarning tez–tez muloqot qilish imkonini yaratar, balki betobligi tufayli maktabga bora olmagan o‘quvchining o‘z sinfdoshlari bilan telefon orqali aloqa qilgan holda uy vazifalarini bajarish imkonini berar. Yohud biror–kimsa bilan yuz bergan hodisada mobil telefon yo‘qolgan insonni topishda, kimningdir sog‘lig‘i va yohud hayotini saqlab qolish kabi ekstremal holatlarda yordam bergandir. Bugungi kunda mobil aloqa dabdaba emas, balki insonlar orasidagi aloqa, ulkan ma’lumotlar oqimini ushlab olish vositasidir. Ucell aloqa operatori sifatida jamiyat rivojiga befarq bo‘lmay, insonlarga doimo ko‘mak berishga tayyor”, – O‘zbekiston jamiyatining hayotida mazkur tadbirning ahamiyatini izohlab berdi, Ucell’ning korporativ aloqalar bo‘limi rahbari Davron Azizov.

Tanlov g‘oliblarini Ucell kompaniyasi ishtirokidagi tadbirda qatnashish uchun xorijga Media-tur, ZTE V9 plansheti, ZTE Skate telefoni va Ucell kompaniyasining MF 190V yoki MF 190S internet-modemi kabi qimmatbaho sovrinlar kutmoqda.

Tanlovda hududiy bosma yoki internet OAV jurnalistlari ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovda ishtirok etish uchun jurnalist (http://www.uzreport.com/konkurs/main.cgi?lan=u) sayt manzilida ariza to‘ldirishi hamda materiallarni jo‘natishi lozim. Ariza to‘ldirishning so‘nggi muddati — 2012-yil 30-dekabr.

Tanlovda ishtirok etish to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlarnii http://www.mmf.uz/, http://www.ucell.uz, http://www.uzreport.com/ saytlaridan olishingiz mumkin.

Tantanali taqdirlash marosimining sanasi va o‘tkazilish joyi tanlov yakunlangach, matbuotda e’lon qilinadi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq