Qiziqarli FAKTlar
30.10.2012
Rukn: Qiziqarli fAKTlar.
Muallif: Aleksandr Suchkov, Marufa Azizova.

Axborot texnologiyalari sohasidagi eng qiziqarli ma’lumot va axborotlarni nashr etishda davom etamiz. Sahifamizda kompakt-disklar tarixi haqida hikoya qilamiz.

Kompakt-disk 30 yoshda

Kompakt-disklar ko‘pchilik kompyuter egalari uchun eng zarur mahsulot hisoblanib kelmoqda, ayniqsa, o‘yinli konsol va musiqa tizimlari uchun keng qo‘llaniladi. Aslida, ularga bo‘lgan talab asta-sekin kamayib bormoqda. Bu yil oktabr oyida bu axborot tashuvchilarning ishlab chiqarilganiga 30 yil to‘ldi. 1982-yil 1-oktabr kuni birinchi CD do‘konlarga chiqarilgan — bu amerikalik musiqachi Bill Joelning musiqaviy albomi 52nd Street edi. Axborot tashuvchilarning yangi turi ustida ishlar ancha ilgari boshlangan edi — 1974-yildayoq Philips kompaniyasi audiokasseta va vinillarni almashtirib, yangi qurilma yaratishni maqsad qilib qo‘ygan edi. Sahifamiz kompakt-disklar tarixiga bag‘ishlanadi.

Kompakt-disk (ingl. Compact Disc) — markazida teshigi bo‘lgan plastik disk, axborot optik tashuvchisi bo‘lib, unga axborotni yozish va o‘qish lazer yordamida amalga oshiriladi. Grammofon plastinkasidan namuna olib, kelajakda DVD kompakt-disklari va Blu-ray qurilmalari rivojlangan.

Dastlab kompakt-disk raqamli shaklda (CD-Audio sifatida) audioyozuvlarni saqlash uchun yaratilgan, biroq kelgusida istalgan axborot (fayllar) ni saqlab qo‘yish uchun keng foydalanila boshlandi, ikki shaklda (CD-ROM — ingl. Compact Disc Read Only Memory) faqat o‘qish imkoniyatini beruvchi kompakt-disk, KD-DXSQ — «Kompakt-disk, doimo xotirada saqlovchi qurilma») lar paydo bo‘ldi. Keyinchalik kiritilgan axborotni nafaqat o‘qish imkoniyati, balki bir necha bor o‘chirib yozish imkoniyatiga ega (CD-R, CD-RW) kompakt-disklar yaratildi.

CD-ROM’da fayllar formati audio-kompakt-disklardagi formatdan farq qiladi, chunki oddiy audio-kompakt-disklar ularda saqlanayotgan axborotni namoyish eta olmaydi, axborotni o‘qish uchun maxsus qurilma zarur, mazkur disklar uchun hozirgi davrda deyarli har bir kompyuterda bunday qurilma mavjud.

Kompakt-disk (CD-ROM)lar kompyuterlar o‘rtasida uzoq muddat asosiy axborot tashuvchi qurilma sifatida (floppi-disklarni bu vazifadan siqib chiqarib) ishlatiladi. Hozirda uning o‘zi bu vazifani istiqbolli qattiq axborot tashuvchi qurilma (USB fleshkalar)ga deyarli bo‘shatib bermoqda, sababi ishda tezkorligi va juda oz joyni egallashi bilan kompakt-diskdan ustun kelmoqda.

Tаrixi
Kompakt-disk 1979-yilda Sony kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Bu ishni amalga oshirishda Sony xususiy PCM— Pulse Code Modulation-signalini kodirovkalash metodidan foydalandi. Undan ilgari raqamli professional magnitofonlarda foydalanilgan. 1982-yilda Langenxagen (Germaniya) dagi zavodda kompakt-disklarning ommaviy ishlab chiqarilishi boshlandi. Dastlabki tijorat musiqiy CD 1982-yil 20-iyunda e’lon qilindi. Unda ABBA guruhining «The Visitors» albomi yozilgandi.

Musiqiy do‘konlarda sotuvga qo‘yilgan birinchi kompakt-disk 1978-yilda Bill Joelning «52nd Street» albomi bo‘lgan. Mazkur albom savdosi CDda 1982-yil Yaponiyada 1-oktabr kuni boshlangan.

Philips bergan ma’lumotlariga ko‘ra, 25 yil mobaynida jahonda 200 mlrd.dan ortiq CD disk sotilgan. Ko‘pchilik ishqibozlar musiqiy fayllarni Internet orqali olishga intilishlariga qaramay, IFPI ma’lumotlariga muvofiq, kompakt-disklar musiqa sohasidagi savdoning 70 foizdan ortig‘ini tashkil etadi.

Kompakt-disklarning ommaviylashishiga Microsoft va Apple Computer katta hissa qo‘shdi. 1987-yilda o‘sha vaqtda CEO Apple Computer egasi bo‘lgan Jon Skalli kompakt-disklar jahonda shaxsiy kompyuterlar sohasidagi inqilob bo‘ladi deb aytgandi. CD-disklardan foydalanuvchi ommaviy multimediyali kompyuterlardan biri/ko‘ngi-lochar markazlarda foydalaniluvchi Amiga CDTV (Commodore Dynamic Total Vision) bo‘lgandi, keyinchalik CD-disklardan o‘yinli pristavkalar Panasonic 3DO va Amiga CD32 da foydalana boshladilar.

Jeyms Rassel versiyasi
Kompakt-disklarni umuman, Philips va Sony emas, balki Optical Recording kompaniyasida faoliyat yuritgan, amerikalik fizik Jeyms Rassel kashf etgan degan fikrlar ham mavjud. 1971-yildayoq u ma’lumotlarni saqlash uchun yaratgan o‘z ixtirosini e’lon qilgandi. U buni «shaxsiy» maqsadda vinil plastinkalar ignasi bilan ovoz tashuvchilar qirilishining oldini olishni ko‘zlab, amalga oshirgan. Sakkiz yildan so‘ng shunga o‘xshash qurilma Philips va Sony kompaniyalari tomonidan «mustaqil» amalga oshirildi.

Betxovenning to‘qqizinchi simfoniyasi
CD formati haqidagi kelishuv ishtirokchilarining guvohlik berishicha, Philips va Sony 1980-yil may oyiga qadar, diskning tashqi diametri to‘g‘risida yagona fikrda edilar. Sony muhandislarining fikriga ko‘ra, portativ proigrivatel uskunasiga ham ixchamlashtirilgan 100 mm diametr aynan to‘g‘ri belgilangan edi. Philips rahbarlari bozorda katta muvaffaqiyatga ega bo‘lgan diskni standart audiokasseta (115 mm) diagonali o‘lchamiga mos bo‘lishi zarur degan g‘oyani ilgari suradilar. Bundan tashqari, bu holda disk DIN tizimi liniyali o‘lchamiga ham to‘g‘ri kelardi.

Sony korporatsiyasi Vitse-prezidenti, musiqachi Norio Oga o‘z navbatida, disk Betxovenning 9-sonli simfoniyasini joylashtirishga mos bo‘lishi kerak deb hisoblab, o‘z fikrini ma’lum qildi. Uning fikricha, disklarda 95 foiz mumtoz asarlar siqqan bo‘lardi. Kelgusi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, masalan, Gerberta fon Karayan boshchiligidagi Berlin filarmoniyasi orkestri ijro etgan to‘qqizinchi simfoniya 66 daqiqani qamrab oladi. Bayreyt festivalida Vilgelm Furtvengler boshchiligida ijro etilgan simfoniya undan ham uzoq — 74 daqiqa davom etdi. Mazkur hodisa disk sig‘imi haqida qaror qabul qilishning asosi hisoblandi.

«Ko‘pgina hodisalar qatori chiroyli tarix haqiqiy hayot bilan umumiylikka ega emas. Mazkur tarix Philips tarafdorlari tomonidan yozilgan», — deb hisoblaydi, sobiq muhandis Philips Keyes Immink. Haqiqatda esa, uning fikri bo‘yicha boshqacha bo‘lgan. Gannover yaqinida Philips PolyGram zavodida kompakt-disklar ishlab chiqarish liniyasini tayyorlab bo‘lgan edi. Qisqa muddatlarda 115 mm kattalikdagi disklar ishlab chiqarishini yo‘lga qo‘yish mumkin edi. 120 mm kattalikdagi disklarni ishlab chiqarish katta mablag‘ va vaqt sarflashni talab etardi, chunki uskunalarni almashtirish zarur edi. Imminkning fikriga qaraganda, Philips bozorga chiqishda ustunlikka erishishi holatini Sony tan olishni istamadi.

Nima bo‘lganda ham, 1980-yil may oyida firmalar rahbarlarining qarori bilan diskning umuniy kattaligi 120 mm etib belgilandi va o‘rnatildi, uning sig‘imi 74 daqiqa audio yozuvlari va diskretlashtirish 44,1 kGts chastotali bo‘lgan. Barcha boshqa texnik ko‘rsatkichlari kelishilgan ma’lumotlardan kelib chiqib, qayta hisoblangan.

Saqlanadigan ma’lumotlar hajmi
Kompakt-disklar 12 sm diametrga ega bo‘lgan va dastlab 650 Mbaytgacha axborotni (yoki 74 daqiqa ovoz yozish) sig‘dirgan. Biroq, taxminan 2000-yildan boshlab, 700 Mbayt sig‘imli disklar keng tarqala boshladi, ular 80 daqiqa audio yozishga imkon beradi, keyinchalik 650 Mbayt sig‘imli disklar to‘la siqib chiqardi. 800 megabayt (90 daqiqa ) sig‘imli va undan katta sig‘imli axborot saqlovchilari ham uchrab turadi, biroq ular kompakt-disklar ba’zilarida o‘qilmasligi mumkin. 8,9 sm diametrli singllar ham uchrab turadi (8 sm diametrli mini-disklar bilan adashtirmang), ularga taxminan 140 yoki 210 Mbayt ma’lumotlar yoki 21 daqiqa audio sig‘adi hamda kredit kartochkani eslatuvchi shakldagi CD disklar (disk-vizitkalar) uchraydi.

Disklarni tayyorlashga qo‘yimlardan to‘la foydalanish hisobiga saqlanadigan axborot hajmini oshirish mumkin bo‘ldi. Masalan, ECMA-130 standarti bo‘yicha yo‘lchalari orasidagi masofa 1,6 ± 0,1 mikrometrni tashkil qiladi, diskning aylanish chiziqli tezligi 1,2 yoki 1,4 m/s ± 0,01 m/s, o‘tkazish qobiliyati 4,3218 Mbit/s.ni tashkil qiladi. 650 Mbayt sig‘imi 1,41 m/s tezligiga teng va yo‘lkachalari orasidagi masofa 1,7 mkm ga, 800 Mbayt sig‘imlisi esa — 1,39 m/s tezlikka va yo‘lkachalari orasidagi masofasi 1,5 mkm ga teng.

Disk geometriyasi

Kompakt-disk 1,2 mm qalinlikdagi va 120 mm diametrli yupqa metall qatlami bilan qoplangan (alyuminiy, oltin, kumush va boshqalar) polikarbonat podlojkadan iborat, uning yuzasi lak qatlami bilan himoyalanadi, unga odatda diskka kiruvchi grafit tashkil etuvchilar surtiladi. Podlojkadan o‘qish tamoyili axborot tuzilmasini himoya-lashni va uni disk yuzasidan o‘chirishni juda oddiy va samarali amalga oshirishga imkon beradi. Disk tashqi yuzasidagi nurning diametri 0,7 mm. ni tashkil etadi, bu holat tizimning chang va qirilishlarga to‘siqlarga qarshiligini oshiradi. Bundan tashqari, tashqi yuzasida tekis yuzaga qo‘yilgan diskka ushbu yuzaga tegmasligiga imkon beruvchi balandligi 0,2 mm aylana bo‘rtiq mavjud. Diskning markazida 15 mm diametrli (odam barmog‘i diametridagi) teshik mavjud. Korobkasiz diskning og‘irligi ~15,7 gr. ni tashkil qiladi. Oddiy jewel-korobkada (slim emas) diskning og‘irli ~74 gr. ga teng.

Ахborotni kodlashtirish
Red Book («Qizil kitob») kabi mashhur bo‘lgan diskda ma’lumotlarni saqlash formati Sony kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan edi. Unga binoan kompakt-diskka 16 bitli impulsli-kodli modulyatsiya (PCM) bilan va 44,1 kGts diskretizatsiyalash chastotasi bilan ikki kanalda tovush yozish mumkin. Rida — Solomon kodi yordamida xatolarni tuzatish hisobiga yengil radial qirilishlar diskning o‘qilishiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Philips «Compact disc digital audio» belgisiga, audio-kompakt-disklar formati logotipiga ham barcha huquqlarga ega.

Ахborot tuzilishi
Diskda axborot polikarbonat asosida bosilgan pitlar (ingl. pit — chuqurlik), spiral yo‘lakchalar ko‘rinishida yoziladi. Har bir pit taxminan 100 nm chuqurlikka va 500 nm kenglikka ega. Pitning uzunligi 850 nm dan to 3,5 mkm oralig‘ida bo‘ladi. Pitlar o‘rtasidagi oraliq lend (ingl. land — bo‘shliq, asos) deb ataladi. Spiralda yo‘lakchalar qadami 1,6 mkm ni tashkil qiladi. Pitlar ularga tushayotgan yorug‘lik nurini tarqatadi yoki singdiradi, podlojka esa — qaytaradi. Shuning uchun yozilgan kompakt-disk — 1,6 mkm davr bilan difraktsion panjara nur qaytargichi. Taqqoslash uchun, DVD diskida davri — 0,74 mkm.

Disklarning faqat o‘qish uchun («alyuminli»), CD-R — bir marta yozish uchun, CD-RW — ko‘p marta yozish uchun turlari mavjud. Oxirgi ikki turdagi disklar maxsus yozish qurilmalarida yozish uchun mo‘ljallangan. Ba’zi CD-pleyerlar va musiqa markazlarida bunday disklar ishlamasligi mumkin (keyingi paytlarda barcha musiqa markazlari va CD-pleyerlari ishlab chiqaruvchilar o‘z qurilmalariga CD-R/RW ni o‘qishni ta’minlovchi qurilmalarni kiritmoqdalar).

Ахborotni o‘qish
Diskdan ma’lumotlar yarim o‘tkazgichli lazerdan chiqadigan uzunligi 780 nm to‘lqinli lazer nuri yordamida o‘qiladi. Lazer bilan axborotni o‘qish tamoyili axborot saqlovchilar barcha turlarida qaytarilgan nur kuchining o‘zgarishini qayd etishdan iborat. Lazer nuri axborot qatlamida ~1,2 mkm diametrli dog‘da to‘planadi. Agar nur pitlar orasida (lendda) to‘plansa, unda qabul qiluvchi fotodiod maksimal signalni qayd etadi. Nur pitga tushadigan bo‘lsa, fotodiod nurning kichik kuchli yorug‘ligini qayd etadi.

Faqat o‘qish uchun disklar (CD) va qayta yozuvchi disklar (CD-R/RW) o‘rtasidagi farq pitlarni shakllantirish usulidan iborat. Faqat o‘qish uchun mo‘ljallangan diskda pitlar qandaydir bo‘rtiqlar tuzilishidan (fazali difraktsion panjara) iborat, shu bilan birga, har bir pitning optik chuqurligi lazer nuri to‘lqini uzunligi to‘rtdan biridan bir oz kichik, bu pitdan qaytarilgan yorug‘lik va lenddan qaytarilgan nur o‘rtasidagi to‘lqin uzunligi yarmiga teng fazalar farqiga olib keladi. Natijada fotoqabul qiluvchi yuzasi tekisligida destruktiv interferensiya hodisasi kuzatiladi va signal darajasi pasayishi qayd etiladi. CD-R/RW holatida pit lendga qaraganda (amplitudali difraktsion panjara) yorug‘likni ko‘p singdirish maydonidan iborat. Natijada fotodiod diskdan qaytarilgan nur kuchi pasayishini ham qayd etadi. Pit uzunligi amplitudani hamda qayd etiladigan signal davomiyligini o‘zgartiradi.

O‘qish/yozish tezligi CD diskda karrali 150 Kb/s (ya’ni 153 600 bit/s) bilan ko‘rsatiladi. Misol uchun, 48-tezlikka ega privod 48 x 150 = 7200 Kb/s (7,03 Mb/s) ga teng o‘qish yoki yozish maksimal tezligini ta’minlaydi.

Nusxa ko‘chirishdan himoya
Kompakt-disklarning xususiyati hech qanday nusxa ko‘chirishdan himoyalash mexanizmini ko‘zda tutmaydi — disklar bemalol ko‘paytirilishi va namoyish etilishi mumkin. Biroq 2002-yildan e’tiboran, turli g‘arbiy ovoz yozish kompaniyalari nusxa ko‘chirishdan himoyalangan kompakt-disklar ishlab chiqarishga urinib ko‘rdilar. Deyarli barcha metodlar mazmun-mohiyati diskka yozilgan ma’lumotlarga atayin xato kiritishga asoslangan, maishiy CD-pleyer yoki musiqaviy markaz uskunasida disk axborotni o‘qiydi, kompyuterda esa ishlamaydi. Natijada bunday disklar barcha maishiy pleyerlarda ham ishlamay, ayrim kompyuterlarda — o‘qila boshladi; nusxa ko‘chirish imkonini beruvchi dasturiy ta’minot, hatto himoyalangan disklar va boshqalarda ham ishlay boshladi. Shunday bo‘lsada, ovoz yozish industriyasi yangi metodlar ustida ish olib bormoqda.

Philips kompaniyasi ma’lumotiga ko‘ra, «Red book» spetsifikatsiyasiga javob bermaydigan bunday disklarda «Compact disc digital audio» belgisini qo‘yish taqiqlanadi.

Nusxa ko‘chirishdan himoyalangan metodlar ma’lumotlar berilgan disklar uchun masalan, ma’lumotlar vaziyatini o‘zgartirish metodi, StarForce, SecurDisc texnologiyasi va boshqalar kiradi.

Kompakt-diskka yozish
Uy sharoitida: CD-R (Compact Disc Recordable) bir martalik va CD-RW (Compact Disc ReWritable) ko‘p martalik yozishga mo‘ljallangan disklar ham mavjud. Bunday disklar yozish/qayta yozish imkonini beruvchi maxsus faol materialda amalga oshiriladi. Organik disklar (asosan CD-R-turidagi disklar) va noorganik (asosan CD-RW-disklar) faol materiallari bilan farq qiladi.

Organik faol materialga yozishda foydalanishda materialning kimyoviy bog‘lamalari buzilishi yo‘li bilan amalga oshiriladi, uning qorayishi esa (material tasviri koeffitsiyentining o‘zgarishi) yozuv sifatini buzadi. Noorganik faol materialda yozuv amalga oshirilganda material tasviri koeffitsiyenti o‘zgaradi, natijada uning amorf agregatli holatidan kristalga aylanishi yoki buning aksi sodir bo‘ladi. U yoki bu holda ham yozuv lazer quvvatining modulyatsiyasi yordamida amalga oshiriladi.

Bunday yozuvlar oddiy tilda «bolvanka» deb ataladi va kompakt-disklarga (bugungi kunda keng tarqalgan) maxsus yozish privodlari «keskich» deb nomlanuvchi slengida amalga oshiriladi. Yozish jarayoni diskni «kuydirish» (ingl. to burn) yoki «kesish» deyiladi.

Qiziqarli faktlar
«CD-disk» iborasi takroriy so‘zlardan tuzilgan bo‘lib, CD qisqartma so‘zi (ingl. Compact Disc) da «disk» so‘zi mavjud (natijada «kompakt-disk-disk» iborasi paydo bo‘ladi). DVD-disk so‘zida ham (ingl. Digital Versatile Disc — raqamli universal disk) takrorlanadi.

Optik tashuvchilar eskiradimi?
CD-disklar eskirib borayotganligi, yaqinda USB fleshkalar ularning o‘rnini to‘liq egallashi yoki ular shunchaki keraksiz bo‘lib qolishi haqidagi fikrlar ko‘p tilga olinmoqda, sababi istalgan axborotni osongina internetdan olish mumkin. Istalgan film, audio albomini, rejissyor yoki san’atkor haqidagi axborotni pulli yoki bepul yuklab olishga taklif etadigan ko‘plab sonli veb-saytlar mavjud. Optik diskovodga ega bo‘lmagan planshet kompyuterlarning chiqarilishi ham kompakt-disklardan voz kechilishiga va universal axborot tashuvchidan foydalanishga sabab bo‘lmoqda. Axborotni internet orqali yoki katta hajmdagilarini fleshka yordamida uzatish oson bo‘lib qoldi. Shunday ekan, kompakt-disklar 40 yoshgacha «yashab qolishi» gumon bo‘lib bormoqda.

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq