“Bilayn” Qushbegi va Boshliq dahasi aholisi uchun ko‘chma shou o‘tkazdi

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) Qushbegi va Boshliq dahasida optik tolali Internet tarmog‘ini ilgari surishga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazdi. 27 oktabr shanba kuni “Bilayn” ko‘chma jamoasi Poytaxtning Yakkasaroy tumani aholisi bilan muloqot qildi, tanlov va viktorinalar o‘tkazdi, shuningdek o‘nlab abonentlarni Tarmoqqa uladi.

“Ma’lumki, “Bilayn” O‘zbekistonda nafaqat mobil, balki simli texnologiyalarni ham joriy qilmoqda. Bu kompaniyani bozorda yaxshigina ajratib turmoqda, – voqeani sharhlaydi Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov. – Joriy yilda Toshkentda optik tolali ulanish bo‘yicha keng polosali Internet faol rivojlanmoqda: sakkiz oy ichida “Bilayn” FTTB tarmog‘ining qamrovi Yunusobod, Sergeli, Chilonzor va Yakkasaroy tumanlarida kengaytirildi. Va aynan abonentlar bilan shaxsiy uchrashuvlar bizga ularga yangi texnologiyalarning afzalliklarini yetarli darajada va tez yetkazib berish imkonini beradi”.

Raqs jamoasi hamda boshlovchilarning yondiruvchi tanlovlari tadbirga shukuh baxsh etdi. Diskoteka bilan yakunlangan “Bilayn” shou-dasturida 200 ga yaqin kishi ishtirok etdi. Eslatib o‘tamiz, FTTB (Fiber To The Building – Uyga optika) simli Internet undan 100 Mbit/s gacha tezlikda foydalanish imkonini beradi, buni poytaxtning ko‘plab aholisi munosib baholashdi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system