“Bilayn” “Ishonchli to‘lov” xizmatini qayta ishga tushirdi

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) “Ishonchli to‘lov” xizmati qayta ishga tushirilganligi haqida xabar beradi. Endilikda kompaniya abonentlari o‘zgalarning yordamini kutmay, har doim va har yerda o‘z hisoblarini qayta to‘ldirishlari mumkin.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, Unitel Tijorat direktori Dmitriy Grigorev shunday dedi: “Har bir mijoz bilan biz ishonchli munosabat o‘rnatishga harakat qilamiz, shuning uchun aynan “Bilayn” O‘zbekistonda birinchi bo‘lib bu kabi servisni joriy qilgani bejiz emas. Uch oy oldin biz IT-tizimga bo‘lgan nagruzkani pasaytirish maqsadida “Ishonchli to‘lov” xizmatini to‘xtatib turishga majbur bo‘lgan edik, biroq, hozir qo‘shimcha uskuna hamda dasturiy ta’minot o‘rnatilganidan so‘ng, biz abonentlarga ilgari mavjud bo‘lgan imkoniyatlarni qaytarmoqdamiz”.

Eslaib o‘tamiz, “Ishonchli to‘lov” hatto balansda mablag‘ qolmaganida hamda o‘z vaqtida hisobni to‘ldirish imkoni bo‘lmaganida ham aloqada qolish imkonini beradi. Xizmatdan oldindan to‘lov tizimi rejalaridan foydalanuvchi va “Bilayn”ga uch oydan ortiq vaqt olodin ulangan abonentlar — jismoniy shaxslar foydalanishlari mumkin. Bunda xizmat ham mahalliy tarmoqda, ham roumingda amal qiladi.

Xizmatni aktivlashtirish uchun 064046 bepul raqamga qo‘ng‘iroq qilish zarur. Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system