“Bilayn” “Oddiy narsalar”, “Oddiy narsalar bonus” va “Qo‘shnilar” tariflari shartlarini yaxshilamoqda

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) ayrim tarif rejalarining shartlari yaxshilanganligi haqida xabar beradi. “Oddiy narsalar”, “Oddiy narsalar bonus” va “Qo‘shnilar” tariflarida barcha kiruvchi qo‘ng‘iroqlar bepul bo‘ladi va tarmoq ichidagi roumingga bo‘lgan to‘lov bekor qilinadi.

“Biz doimo xizmatlarimizni yanada jozibali va arzonlashtirishga intilamiz, bunda, ayniqsa ko‘p yillik mijozlar to‘g‘risida qayg‘uramiz, — voqeani sharhlaydi Unitel Tijorat direktori Dmitriy Grigorev. – Endilikda oldingi tariflardagi abonentlar “Bilayn”ning eng aktual takliflarining afzalliklarini hech qanday cheklovlarsiz to‘liq his etishlari mumkin”.

O‘zgartirishlar 2012 yil 26 oktabrdan boshlab amal qiladi. Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system