«Bilayn» roumingi yana kengaymoqda
18.10.2012
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) xalqaro rouming geogarfiyasining navbatdagi kengaytirilganligi haqida xabar beradi. Telecel (Paragvay) kompaniyasi bilan ovozli rouming xizmatini ko‘rsatish shartnomasi imzolandi. Endilikda Tele2 (Rossiya) va T-Mobile (Almoniya) hamkorlik tarmoqlarida CAMEL-rouming xizmatlari amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, CAMEL-rouming xizmati “Bilayn” aloqasidan har qanday musbat balansda foydalanish imkonini beradi, ya’ni $50 li kafolatli to‘lovsiz, abonent balansi $0 ga kelmaguncha. Bunda hisobdagi mablag‘ esa real vaqtda yechilib boriladi. CAMEL-roumingni aktivlashtirishga hojat yo‘q, chunki u telefonda avtomatik ravishda yoqilgan. Bu xizmat turidan oldindan to‘lov tizimida bo‘lgan abonentlar-jismoniy shaxslar, hisobda har qancha musbat qoldiq mavjudligida, foydalanishlari mumkin.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq