O‘zAAAda uchrashuv

Bugun O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligida Koreya Respublikasi davlat boshqaruvi va xavfsizligi vazirligi vaziri assistenti Chang Kvang Su boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston va Korea Respublikasi o‘rtasidagi axborot-kommuntkatsiya texnologiyalari sohasidagi o‘zaro aloqalar ko‘lami tobora kengayib bormoqda.

Delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi shu yilning sentabr oyida mamlakatimiz Perezidentining Koreya Respublikasiga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarning amaldagi ijrosi hisoblanadi. Koreya iqtisodiyotining barcha sohalariga axborot texnologiyalarini joriy etish yo‘nalishida yuksak natijalarga erishilgan. Ushbu mamlakat ekspertlari kelajakda Koreyaning ilg‘or texnologiyalari va yechimlarini joriy etish uchun O‘zbekiston va Koreyada AKTning rivojlanish tajribalarini o‘zaro o‘rtoqlashadilar.

Aloqa va axborotlashtirish sohasida ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo imzolangan hujjatlar asosida amalga oshiriladi.

Uchrashuv chog‘ida Koreyaning davlati boshqaruvida AKTdan foydalanish tajribalari hamda telekommunikatsiyalar infratuzilmasining rivojlanish bosqichlari bilan tanishtiruvchi taqdimot tashkil etildi. O‘zbekiston tomoni ham mamlakatimizda AKT va komputerlashtirish rivojiga oid taqdimotni namoyish qildi.

Toshkentga tashrif mobaynida delegatsiya mutaxassislari respublikamizning turli vazirlik va idoralarida uchrashuv va muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Orphus system