Vintaj telefoni ko‘rinishidagi iClassic dok-stansiyasi

iClassic deb atalgan arzon va oddiygina dok-stansiyada o‘tmish va hozirgi davr aynan moslashadi. Nomidan ham ko‘rinib turibdiki, qurilma simli telefon ko‘rinishiga ega.

Dok-stansiyaning o‘zi bazoviy qismiga o‘rnatilgan, unda mobil telefon joylashtirilgan bo‘lib, to‘liq autentlik uchun diskli raqam tergich mavjud.

Kirish qo‘ng‘irog‘i bo‘lganda yoki chiqish qo‘ng‘irog‘ida iClassic egasi dok-stansiyadan mobil telefonini qo‘lga olmasligi mumkin, balki shunchaki telefon go‘shagini ko‘tarishi kifoya. Bu bazaga spiral kabel bilan ulangan eng oddiy trubkadir. Shuningdek, dok-stansiya quvvat olish qurilmasi vazifasini o‘taydi, korpusida ovoz ko‘targich va qo‘ng‘iroqni qabul qilish/to‘xtatish boshqaruvi mavjud. Bazasining asosiga yaqin joyda yoritgich halqasi, qo‘ng‘iroqni svetodoid indikatori bo‘lib, kirish qo‘ng‘irog‘i bo‘lganda yonadi. Ishlab chiqaruvchilarning ma’lumotiga ko‘ra, dok-stansiya iClassic hozirgi ko‘pgina zamonaviy telefonlarga mos keladi. Perpetual Kid internet-do‘konida vintaj qurilmaning bahosi $49,99 deb belgilangan.

Manba: http://www.coolest-gadgets.com

Orphus system