Uy hayvonlari uchun elektron eshik

Uyda it bo‘lishi — bu nafaqat yaxshi kayfiyat manbai, balki katta mas’uliyatni, jonivorga e’tibor va uning ehtiyojlarini ham tushunishni talab etadi. Shu sababli uy egalari it o‘z xohishiga ko‘ra istalgan vaqtda hovliga chiqishi va qaytib kelishi uchun ba’zan maxsus «it uchun eshik» sotib olishga majbur bo‘ladilar. Juda qulay ixcham elektron eshikdan nafaqat it, balki hatto yovuz niyatli odam ham o‘ta oladi.

Itlar uchun elektron «aqlli» eshik versiyayasi savdoda Powered Pet Door PX-1 nomi bilan paydo bo‘ldi. Mazkur eshik itga bemalol, to‘siqsiz chiqish yoki kirishga imkon beradi, biroq boshqa tashrif buyuruvchilarni: mayda sichqondan tortib, yovuz niyatli odamlargacha o‘tishga yo‘l bermaydi. Qurilmada bo‘yinbog‘iga joylashtirilgan ultratovush signalini qabul qiluvchi oddiygina mexanizm o‘rnatilgan.

Ishlab chiqaruvchilarning ta’kidlashicha, mazkur qurilma nafaqat avtomatik ravishda ochilib, yopiladi, unga it yaqinlashganda, eshik harakatga kelib, lang ochiladi. Uy egasi qo‘shimcha, ya’ni qabul qiluvchining radiusini sozlashidan so‘ng ma’lum masofada yaqinlashgan itga eshik ochiladi. Shuningdek, it faqat bir yo‘nalishda o‘tishi «faqat kirish» va «faqat chiqish» rejimlarini sozlashi mumkin.

Amazon internet-do‘konida PX-1 elektron eshik bahosi 270 AQSH dollariga sotuvga qo‘yilgan.

Manba: www.ohgizmo.com

Orphus system