Rover 2.0: mobil ilova boshqaruvi ostidagi o‘yinchoq tank
10.10.2012
Rukn: Texnologiya.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Brookstone kompaniyasi iOS yoki Android uchun maxsus ilovasi yordamida boshqarish mumkin bo‘lgan, yangilangan o‘yinchoq tank versiyasini savdoga chiqardi. Rover 2.0 — o‘yinchoq bo‘lib, harakatlanish funksiyasidan tashqari, Mobil qurilmalariga o‘zining qator kameralari va mikrofonlari yordamida qabul qilgan video va audio yozuvlarini jo‘nata oladi. Keyin fayllarni ijtimoiy tarmoqlarga yuklash mumkin.
Rover 2.0 agar to‘siq bo‘lmasa, 60 m masofaga qadar foydalanilishi mumkin; agar o‘yinchoq yo‘lida devor va mebelga duch kelsa, harakat masofasi 30 m.ga qadar qisqaradi. Smartfonga ulanish qator terilgan Wi-Fi-modullari tanki yordamida amalga oshadi.
O‘yinchoqning avvalgi versiyasiga nisbatan tezligi yuqori va ko‘rish burchagi kameralarini sozlash imkoniyatiga ega, yangi keng burchakli obyektivi mavjud. Shuningdek, endi Rover 2.0 faralariga ega. Tankka oldindan buyurtma qabul qilinmoqda. O‘yinchoqning sotuvga chiqishi mo‘ljallanmoqda — bahosi $150.
Manba: www.electronista.com