“Bilayn”ning Sharqiy hududiy filialiga – 6 yil

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) Unitelning Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyati abonentlariga xizmat ko‘rsatuvchi Sharqiy hududiy filialining olti yillik faoliyati yakunlarini sarhisob qilmoqda. Filial ochilgan paytdan buyon uning mijoz bazasi 17 barobar o‘sdi.

“Sharqiy filial haqli ravishda “Bilayn”ning O‘zbekistondagi filiali hisoblanadi, – deydi Unitelning Hududiy rivojlantirish bo‘yicha direktori Abay Kolanov. – Olti yilda biz Vodiy bo‘yicha tarmoq qamrovi ko‘rsatkichini qariyb 100% ga yetkazdik, bunda asosiy stansiyalar sonini to‘qqiz marotaba oshirdik. Farg‘ona, Andijon, Namangan, Qo‘qon va Marg‘ilon 3G texnolgiyasi bilan qamrab olingan ilk shaharlar qatorida, shuning uchun uchta viloyat bo‘yicha jami trafik keyingi yillarda 600 barobardan ko‘pga oshdi. Buning barchasi “Bilayn” ko‘p yildan beri egallab kelayotgan Farg‘ona vodiysidagi qat’iy yetakchilikni ta’minladi”.

Beeline Business ilg‘or texnologiyalari hamda konvergent xizmatlari hududning to‘rt mingta korxonasi tanlovining birlashgan operator foydasiga hal bo‘lishiga xizmat qildi. Bugungi kunda kompaniyaning Vodiydagi korporativ mijozlari quyidagi soha yetakchilari hisoblanadi: General Motors Uzbekistan YOTAJ, “Farg‘onaazot” OAJ, “Quvasoysement” AJ, “Kvars” AJ, “Agrobank” ATB, “Kapitalbank” ATB, “O‘zneftmahsulot” AK va boshqalar.

Faoliyat yakunlarini sharhlar ekan, Unitelning Sharqiy hududiy filialining direktori Sanjarbek Iminov quyidagilarni qayd qildi: “Farg‘ona vodiysida birinchi raqamli operator mavqei ko‘p mas’ulyat yuklaydi va “Bilayn” butun faoliyati davomida hududning ijtimoiy hayotiga faol jalb etilgan. Xayriya ishlaridan va boshqa ijtimoiy loyihalardan tashqari filial ham shaxsiy shtatida, ham qariyb 1400 salonlardan iborat dilerlik savdo tarmog‘ida minglab ish joyi yaratishda ishtirok etgan”.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system