To‘rt oyoqli harbiy robot o‘z xo‘yayiniga ergashadi

Boston Dynamics kompaniyasi harbiy xizmatchilarga yordamchi sifatida ishlashga mo‘ljallangan, to‘rt oyoqli transport robotining yaratilganligi haqida hisobot berdi. Dastlabki bosqichda loyiha Big Dog deb nomlandi, hozirda uning nomi Legged Squad Support System «tarjimasi: otryadni qo‘llab-quvvatlash uchun qadam tashlovchi tizim» deb o‘zgartirildi.

Robotning eng muhim ustunligi otryad boshlig‘iga ergashish qobiliyatidan iborat. Bu shuning uchun ham muhimki, haqiqiy hayot sharoitlarida har doim ham masofadan boshqaruv pultini ishlatishning imkoni bo‘lavermaydi. Agar robot og‘ir yukni olib borayotgan bo‘lsa, uning yonida birga yurishning o‘zi yetarli bo‘ladi. Mashina mustaqil va ko‘rsatilgan yo‘nalish bo‘yicha harakatlanadi yoki o‘zi kabi robotlar bilan yo‘lini muvofiqlashtirishi mumkin. Loyiha mualliflari bejiz g‘ildirakli va zanjirli konstruksiyalardan voz kechmaganlar, ayrim yo‘llarda o‘tish yoki shunday mashinalar harakat tezligi sababli qiyinchilik tug‘ilishi mumkin. Oyoqli mashina esa to‘siqlarni shunchaki bosib o‘tishi mumkin. Robotning og‘ir yuk ko‘tara olish qobiliyati taxminan 180 kg, qadam bosish masofa uzunligi esa 32 km.ni tashkil etadi.

Manba: www.gizmodo.com

Orphus system