Pnevmoniyani tashxis qilish uchun StethoCloud: elektron stetoskop
08.10.2012
Rukn: Mobil aloqa, Texnologiya.
Muallif: .

Jahonda bolalar o‘limining asosiy sababi pnevmoniya bo‘lib hisoblanadi. Har yili mazkur kasallik sababli 1,4 mln, bola hayotdan ko‘z yumadi, bu OITS, sil va bezgak kasalliklarining barchasining umumiy ko‘rsatkichidan ko‘ra ko‘proqdir. Ko‘pincha letal holat noto‘g‘ri yoki o‘z vaqtida to‘g‘ri belgilanmagan tashxis sababli sodir bo‘ladi.

Shu boisdan, Melburn universiteti (Avstraliya) olimlari StethoCloud nomli qurilmasini ishlab chiqdilar, bu elektron stetoskop bo‘lib, u mobil ilovasi bilan birgalikda ishlaydi. Ishlab chiqaruvchilarning ta’kidlashicha, mazkur qurilma va applet yordamida pnevmoniya tashxisini hatto shifokor ishtirokisiz ham aniqlash mumkin.

Stetoskop aslida oddiygina mikrofondan iborat, 3,5 millimetr razyomli smartfonga ulanadi, ivovasi esa foydalanuvchi samarali natijaga erishish uchun harakatlarni boshqaradi. Maxsus ilova yetarli darajada ma’lumotlar hajmini yozib olganida, axborot serverga jo‘natiladi, yozuv tahlil etilib, foydalanuvchiga kelgusi harakatlarga tavsiyalari bilan qaytib keladi.

Ko‘pgina pnevmoniyadan letal holatlar mamlakatdagi tibbiyot xodimlariga tashxis qurilmalari, hattoki stetoskop yetarli bo‘lmaganligi sababli sodir bo‘ladi. Bundan tashqari, bemorlar ham kasallikning boshlang‘ich bosqichlarida shifokorga murojaat etishga shoshilmaydilar, sababi kasallikning dastlabki belgilari yengil shamollshga o‘xshab ketadi. StethoCloud vaziyatning yechimi hisoblanadi, axir seriyali ishlab chiqarish boshlanganda qurilma bahosi 20 dollarga yaqin bo‘ladi. Bu hozirgi raqamli stetoskoplar narxidan ikki marta arzon. Qurilmani Avstraliya Qirollik bolalar gospitalida sinovdan o‘tkazmoqdalar, Gana, Malayziya va Mozambik tibbiyot muassasalariga qurilmaning dastlabki nusxalari qo‘llanilmoqda.

Manba: www.gizmag.com

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq