Kalit ilgichda virtual klaviatura
08.10.2012
Rukn: Texnologiya, Yangiliklar.
Muallif: .

Odatda mexanik klavishsiz klaviaturalarni unchalik yoqtirmaydilar, biroq agar kichik ekranli va nisbatan kattaroq proyeksion klaviaturani tanlashga to‘g‘ri kelsa, tezroq ikkinchi variantni olishga harakat qiladilar.

Bundan tashqari, mazkur qurilmani kalit ilgich bilan nisbatan ixcham ultrakompakt korpusda ishlab chiqarilishi mumkin.

Proyeksion lazerli klaviatura anchadan buyon bozorda mavjud, biroq ilgari ular ancha katta edi, cho‘ntakda boshqa gadjetlar bilan olib yurish noqulay edi. Hozirda mazkur qurilmaning yangi versiyasi bunday kamchilikka ega emas, balki qulay bo‘lishi uchun hajmi ixchamlashtirildi. Lazerli proyektor kompyuter, smartfon yoki planshetning istalgan yuzasi oldida virtual klaviaturani yaratadi, bu esa an’anaviy sensorli ekranga nisbatan katta qulayliklarga ega bo‘lib, matn terishga imkon beradi.

Smartfon yoki planshetga ulash uchun Bluetooth protokolidan foydalaniladi, klaviatura qator terilgan quyma-ion akkumulyatoridan, USB-kabel komplektidan quvvat oladi. iPad o‘lchamli va katta formatli planshet kompyuterlarda bunday klaviatura ekran oldida ajoyib ko‘rinadi, 5 va 7 dyuymli qurilma egalari uchun bunday aksessuar juda foydali bo‘lishi mumkin. 1-oktabrdan Brookstone internet-do‘konida ultrakompakt Proyeksion lazer klaviaturalari $99,99 bahosida sotila boshlaydi.

Manba: www.technabob.com

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq