“Bilayn” “0.vk.com bepul muloqot” xizmatini ishga tushirdi

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) kompaniya abonentlariga mobil telefon orqali “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘ida mutlaqo bepul muloqot qilish imkonini beruvchi 0.vk.com xizmati ishga tushirilganligi haqida xabar beradi.

“O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqlar kundan-kunga ommalashmoqda, bunda «VKontakte» – eng ommaviylardan biri, – deydi Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov. – Endilikda «Bilayn» abonentlari uchun muloqot yanada qulaylashganligidan xursandmiz!»

Xizmatdan foydalanish uchun telefonning standart web-brauzeri qatorida 0.vk.com terishni o‘zi kifoya. Bunda 0.vk.com portaliga Opera Mini brauzeri orqali kirib bo‘lmaydi.

Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system