«Bilayn» – “Toshkent ishga taklif etadi” IV Yillik Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasining Bosh homiysi
03.10.2012
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori «Bilayn» (Unitel MCHJ va Buzton QK) “Toshkent ishga taklif etadi” Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasining Bosh homiysi bo‘ldi.

Tadbir 5 oktabr kuni International Hotel Tashkent mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi. Tadbir tashkilotchilari — Superjob.uz rekruting portali va UJC hamda Yoshlarni ishga joylashtirishga ko‘maklashish markazi ko‘magi ostida O‘zbekiston-Yaponiya inson resurslarini rivojlantirish markazi bitiruvchilari klubi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, Unitelning xodimlar bilan ishlash va tashkiliy rivojlantirish bo‘yicha direktori Marina Ushankova quyidagilarni qayd qildi: “Kompaniyamiz – O‘zbekistonning eng yetakchi hamda jozibali ish beruvchilaridan biri, bunga ko‘p darajada xodimlarni tanlashda ochiqlik hamda shaffoflik xizmat qiladi. Superjob bilan o‘tgan yilgi hamkorlik tajribasi ma’lumotlar bankimizni jiddiy kengaytirish imkonini berdi, bu safar ham biz ko‘plab qiziqarli kontaktlar hamda uchrashuvlarni kutmoqdamiz».

Joriy yilda bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘nlab ish beruvchi kompaniyalarni birlashtiradi, ular qatorida – O‘zbekistonning eng yirik korxonalari. Bir yil oldin yarmarkada 5000 dan ortiq talabgorlar ishtirok etgan va bu yili tadbir yanada keng ko‘lamli bo‘lishi kutilmoqda.

— HR-departament xodimlari boshlang‘ich mutaxassislar uchun ham bo‘sh ish o‘rinlarini taqdim etishi masalasini ishlab chiqmoqdamiz. Bunda ularga o‘z kompaniyalarida amaliyot o‘tash imkoni beriladi, — deydi Superjob.uz portalining ijrochi direktori Nikolay Shkutov. — Aynan shu kasbiy va lavozimda o‘sish yo‘liga turgan yangi talabgorlar uchun “Ishga qabul qilishda o‘zini samarali namoyish qilish” mavzusida mahorat darsi tashkil qilinadi. Buning barchasi va boshqa ko‘p narsalar “Bilayn” ko‘magi tufayli amalga oshmoqda».

Tadbir tafsilotlari hamda Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida onlayn-ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha batafsil ma’lumot — www.trud.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq