«Bilayn» — Sofi Ellis-Bekstor konsertining homiysi
02.10.2012
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Yagona aloqa operatori «Bilayn» (Unitel MCHJ va Buzton QK) mashhur britaniyalik qo‘shiqchi Sofi Ellis-Bekstor konsertining homiysi bo‘ldi.
Pop-yulduzning yakkaxon konsert 4 oktabrda “O‘zbekiston” Xalqaro anjumanlar saroyida, Art Week Style.uz 2012 San’at haftaligining ochilishidan so‘ng bo‘lib o‘tadi.
Mazkur voqeani sharhlar ekan, Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov shunday dedi: «Sofi Ellis-Bekstor zamonaviy estradaning eng yorqin obrazlaridan birini yaratishga erishdi, shuning uchun ham biz O‘zbekiston aholisiga u bilan uchrashish imkonini berishdan bag‘oyat xursandmiz. «Bilayn» birinchi bor Art Week Style.uz bilan hamkorlik qilayotgani yo‘q va ishonamanki, joriy yilda bizni ulkan tomosha kutmoqda».
Eslatib o‘tamiz, Sofi Ellis-Bekstor konsertiga chiptalarning bir qismi xayriya asosida iste’dodli musiqachilar, talabalar, yosh dizaynerlar va boshqa ijod namoyondalari orasida tarqatiladi.
Batafsil ma’lumot www.style.uz da.
Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi