“Bilayn” ICTExpo 2012 ko‘rgazmasi yakunlari bo‘yicha to‘rtta sovrinni qo‘lga kiritdi

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK MCHJ) ICTExpo 2012 Yilllik Milliy axborot texnologiyalari ko‘rgazmasi yakunlari to‘g‘risida xabar beradi.

AKT sohasidagi eng yirik voqea yakunlari bo‘yicha kompaniya tadbir tashkilotchilari tomomnidan uchta nufuzli nominatsiya bo‘yicha sovrinlarni qo‘lga kiritdi: “Eng yaxshi stend dizayni”, “Eng yaxshi axborot ko‘magi” va “Eng yaxshi reklama kampaniyasi”. Bu “Bilayn”ning katta ekspozitsiyasini eng keng ko‘lamli hamda jozibali, deb tan olgan o‘n minglab tashrifchilarning fikrini aks ettiradi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, Unitel MCHJ Tijorat direktori Dmitriy Grigorev quyidagilarni qayd qildi: “Bilayn” stendi umumiy e’tirof bo‘yicha ICTExponing ko‘p yillik tarixida noyob voqeaga aylandi, binobarin nafaqat o‘zining keng maydoni, balki ko‘zga tashlanuchan dizayni bilan ham. Ko‘rgazma maydonimizning texnologikligi hamda turli yo‘nalishliligi ham korporativ mijozlar, ham yoshlarning zavqli e’tiborini o‘ziga jalb qildi. Bu haqiqatan-da xalq brendiga aylangan “Bilayn” markasining universalliligidan darak beradi”.

“Bilayn” stendining to‘liq yagonaligida nafaqat o‘zi tomonidan taqdim etildi. Ko‘plab interaktiv zonalar hamda sport maydonlari taniqli Zo‘r-Zo‘r rusumida shakllantirilgan “Ko‘rgazma Savdo Markazi” ko‘rgazmalar majmuasining bosh sahnasi bilan to‘ldirildi. Aynan o‘sha yerda World Cyber Games Uzbekistan Preliminary kompyuter o‘yinlari bo‘yicha milliy birinchilikning hal qiluvchi kurashlari namoyish etildi, uning natijasida DotA Allstars 5×5 o‘yini bo‘yicha eng kuchli jamoa – QAQ beshligi – Xitoyda bo‘lib o‘tadigan WCG 2012 Jahon chempionatining Grand-finaliga yo‘llanmalar oldi.

Unitel MCHJ Hududiy rivojlantirish bo‘yicha direktori Abay Kolanov: “Bu yozda bosqichlari “Bilayn” homiyligi ostida butun mamlakat bo‘ylab o‘tkazilgan O‘zbekiston Chempionati doirasida Counter Strike va FIFA 2011 bo‘yicha eng yaxshi e-sportchilar aniqlangan. DotA Allstars g‘oliblari ham Bosh homiysi bizning kompaniyamiz bo‘lgan ICTExpo 2012 kabi nufuzli tadbir doirasida aniqlanganligi biz uchun katta sharaf. Ishonamanki, O‘zbekiston terma jamoasi jahon birinchiligida ham munosib ishtirok etadi”.

Biroq, “AKT Haftaligining Bosh homiysiga” haykalchasi eng asosiy sovringa aylandi. U kompaniyaning axborot texnologiyalarini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi, shuningdek “Bilayn”ning telekommunikatsion sohada innovatsion yetakchiligini isbotining e’tirofi bo‘ldi.

“AKT Haftaligi tashkilotchilariga chiroyli tashkil qilingan tadbir uchun minnatdorchilik bildiramiz, – dedi Unitel MCHJ Bosh direktori Andrey Safronyuk. – Ham Milliy AKT Sammiti, ham ICTExpo ko‘rgazmasi oliy darajada o‘tkazildi va ko‘plab rekordlarni qo‘ydi. Ishonamanki, O‘zbekistonning telekom-sohasini yorqin kelajak kutmoqda, “Bilayn” esa keyin ham mamlakatning texnologik taraqqiyotiga katta hissa qo‘shishga tayyor”.

Eslatib o‘tamiz, butun ko‘rgazma paviloni bo‘ylab, shuningdek Talabalar shaharchasi ham kirgan holda, tutash hududlarda “Bilayn”dan LTE to‘rtinchi avlod tarmog‘i amal qildi. Bu barcha istovchilarga 4G-modemlar yordamida o‘ta yuqori tezlikdagi mobil Internetni sinab ko‘rish imkonini berdi.

Batafsil ma’lumot va suratlar – http://www.facebook.com/beeline.uz da.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system