“Bilayn” ICTExpo 2012 da mehmonlarni kutadi

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK MChJ), InfoCom 2012 AKT haftaligining Bosh homiysi bo‘la turib, 26 dan 28 sentabrga qadar “Ko‘rgazma Savdo Markazi”ning 1- Pavilonida bo‘lib o‘tadigan ICTExpo 2012 Yillik Milliy axborot texnologiyalari ko‘rgazmasidagi o’z stendiga taklif qiladi.

“Bilayn” ekspozisiyasi – bu “umumiy”, “ofis” hamda STATUS-makonga bo‘lingan keng stend. Agarda “ofis”da ishbilarmonlarni biznes uchun yorqin yechimlar kutayotgan bo‘lsa, STATUS zonasida har bir tashrifchi eksklyuziv xizmat ko‘rsatishga hamda yangi servis platformasiga alohida yondashuvga qo’shilishi mumkin. Stendning asosiy qismida ko‘rgazma tashrifchilari e’tiboriga kompaniya tomonidan sotilayotgan eng zamonaviy devayslar taqdim etilgan.

Ko‘rgazma ishining birinchi kunini sharhlar ekan, Unitel MCHJ Bosh direktori Andrey Safronyuk shunday dedi: “ICTExpo – bu avvalambor sohaning eng oxirgi erishuvlarini namoyish qilish imkoniyati va bu ma’noda mazkur tadbir yuz foiz o‘z yo‘nalishiga mos keladi. “Bilayn”ning bugungi ko‘rgazmaning Bosh homiysi sifatidagi maqsadi – ushbu voqeani yangi darajaga chiqarish va men ishomananki, biz AKT Haftaligi tashkilotchialri bilan bunga erishamiz”.

ICTExpo 2012 butun maydoni bo‘ylab “Bilayn”dan 4G LTE tarmog‘i zonasi joylashtirilgan. Unda o‘ta yuqori tezlikdagi mobil Internet imkoniyatlarini sinab ko‘rish mumkin. Uch kunlik ko‘rgazma davomida mehmonlarni ko‘p sonli sovrinli o‘yinlar va sovg‘alar kutmoqda. Ular qatorida Samsung GALAXY S III flagmanli smartfonlar, GALAXY Tab 2 planshetlari bor.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilda ICTExpo 2012 ko‘rgazmasi bir paytning o‘zida Toshkent, Navoiy va Termizda o‘tkazilmoqda. Batafsil ma’lumot http://ictexpo.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system