Sergey Fomenko “Bilayn” Korporativ savdosini rivojlantirish bo‘yicha direktori etib tayinlandi
25.09.2012
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) Sergey Fomenkoni Unitel Korporativ savdosini rivojlantirish bo‘yicha direktori lavozimiga tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qildi. U bu lavozimda ilgari bo‘lgan Erkin Acheldiyevni o‘rnini egalladi.

Mazkur tayinlanishni sharhlar ekan, Unitel Tijorat direktori Dmitriy Grigoryev shunday dedi: “Sergeyni kuchli yetakchlik qobiliyatlari hamda istalgan darajadagi mijozlar bilan yetuk ishlash mahorati ajratib turadi. Hozirda uning jamoasi oldida B2B-segmentda servisni yanada takomillashtirish, shuningdek mamlakatning eng yirik kompaniyalarini Beeline Businessning ilg‘or xizmatlari bilan ta‘minlash kabi vazifalar turibdi. Ishonamanki, ushbu maqsadlar unga og‘irlik qilmaydi”.

Eslatib o‘tamiz, “Bilayn” – 2009 yidanoq Unitel va Buzton kompaniyalarining to‘liq telekom-xizmatlar spektrini ko‘rsatish bilan birlashuvi doirasida korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatishni alohida Beeline Business yo‘nalishiga ajratgan O‘zbekistondagi yagona operator.

“Bugungi kunda “Bilayn” O‘zbekiston iqtisodiyotidagi ko‘plab yetakchi korxonalarning tanlovi hisoblanadi, – qayd qildi Sergey Fomenko. – Shubhasiz, istalgan biznes-mijozning eng asosiy talablaridan biri – bu yuqori darajadagi servis va bizning kompaniya noyob takliflari evaziga kafolatlay oladigan moslanuvchan yondashuv. Biz mijozlar bilan hamkorlik munosabatlarini yo‘lga qo‘yishga intilamiz va men ularning ishonchlarinin oqlash uchun bor imkoniyatimni ishga solaman”.

Sergey Fomenko 1977 yil 7 oktabrda Xabarovskda (Rossiya) tug‘ilgan. 2002 yilda Xabarovsk Davlat texnika universitetini “Iqtisodiyot va korxonada boshqaruv” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Telekommunikatsiya sohasidagi karyerasini 2006 yilda “Bilayn”ning Xabarovsk filialida Uzoq Sharq hududi korporativ savdosi menejeri lavozimidan boshlagan. 2007 yil may oyida u qo‘zg‘almas telefoniya va Internetga ulanish xizmatlarinin taqdim etuvchi “Dalsvyaz” kompaniyasiga Xabarovsk filiali tijorat direktori pozitsiyasiga o‘tgan. Uning erishuvlari ichida – simli KPU foydalanuvchilari sonining uch marotabadan ortiq o‘sishi va statsionar aloqaga talabning pasayishi sharoitida abonetn bazasinin ushlab qolinishi.

2009 yil dekabrda Sergey “Bilayn”ga “Rossiya” biznes-birligining Krasnodar filiali Korporativ biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktori lavozimiga qaytgan. Sergeyning rahbarligi ostida filialning Korporativ biznes bo‘yicha direksiyasi barcha reja ko‘rsatkicharini barqaror bajarib kelgan, hududda biznes-segmentda daromad bo‘yicha bozor ulushi o‘sishining eng yaxshi dinamikasini ko‘rsatgan. Erishgan muvaffaqiyatlari uchun Sergey 2011 yil yakunlari bo‘yicha Rossiya Janibiy hududining Eng yaxshi B2B direktori, deb tan olingan.

Ishdan bo‘sh vaqtida Sergey karate hamda og‘ir atletika bilan shug‘ullanadi. Ov qilish hamda baliq oviga qiziqadi. Ingliz tilini mukammal egallagan. Oilali, ikkita farzandi bor.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq