“Bilayn” salonlaridagi “GALAXY” model qatorining smartfon va planshetlari “Samsung” aksiyasida ishtirok etmoqda

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) “Samsung GALAXY Tab 2” plansheti hamda “Samsung GALAXY S III”, “Samsung GALAXY S II”, “Samsung GALAXY S+”, “Samsung GALAXY Gio” va “Samsung GALAXY Mini” telefonlari ishtirok etayotgan “Samsung” aksiyasi haqida xabar qiladi.

17 oktabrga qadar ushbu devayslarni Toshkentdagi ofislarda xarid qilib, kompaniya abonentlari ishlab chiqaruvchidan kafolatlangan sovg‘alardan birini qo‘lga kiritishi mumkin.

Mazkur aksiyani sharhlar ekan, Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov quyidagilarni qayd qildi: “Bizning komaniya bir yil oldin mobil operatorlaridan birinchi bo‘lib “Samsung GALAXY” savdosini boshladi, bu yilda esa birinchi bo‘lib bozorga “Samsung” flagmanini – “GALAXY S III” va “GALAXY Tab 2” planshetini chiqardi. Biz dunyodagi yirik mobil telefoni ishlab chiqaruvchisi bilan hamkorlikni rivojlantirishdan xursandmiz va “Bilayn” hamda “Samsung” hamkorligi mijozlarimiz foydasiga borishiga ishonamiz”.

Aksiyada ishtirok etish uchun 7 oktabrga qadar “Samsung” mobil telefonini rasmiy 1 yillik kafolati bilan sotib olish zarur.

“Fleshka” texnomarkazda Samsung axborot promo ustunida ro‘yxatdan o‘tib, promouterga sotib olingan telefonni, kafolat talonini va chekni ko‘rsatgan holda abonent kafolatlangan sovg‘ani qo‘lga kiritadi. “GALAXY Tab 2” plansheti hamda “GALAXY S III” va “GALAXY S II” smartfonlari uchun bu original “Samsung” aksessuari, “GALAXY S+”, “GALAXY Gio” va “GALAXY Mini” uchun esa – 8Gb xotira kartasi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system