“Bilayn” ICTExpo 2012 ga taklif qiladi

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK MCHJ), InfoCom 2012 AKT haftaligining Bosh homiysi bo‘la turib, 26 dan 28 sentabrga qadar “Ko‘rgazma Savdo Markazi”ning 1- Pavilonida bo‘lib o‘tadigan ICTExpo 2012 Yillik Milliy axborot texnologiyalari ko‘rgazmasiga taklif qiladi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, Unitelning Tijorat direktori Dmitriy Grigorev quyidagilarni qayd qildi: “Bu yili ko‘rgazma juda ko‘lamli bo‘ladi va “Bilayn” Bosh homiy sifatida u uzoq yillar davomida esda qolishi uchun barcha imkoniyatlarini ishga soladi. 3 kun davomida ICTExpo 2012 ga qariyb 35 000 kishi tashrif buyurishi kutilmoqda va ularning har biriga taklif qiladigan narsalarimiz bor”.

Ko‘rgazmaning butun maydoni bo‘ylab joylashtiriladigan “Bilayn”ning ko‘p sonli tematik va ko‘ngilochar zonalari ICTExpo 2012 ko‘p sonli mehmonlarini e’tiborsiz qoldirmaydi, ularning ayrimlari uchun esa bayramona tadbirlar ijodiy karyeraning yorqin boshlanishiga aylanishi mumkin.

“Sovg‘alar ko‘p, shuning uchun biz nafaqat soha vakillarini, balki o‘qiyotgan yoshlarni ham kutmoqdamiz, – deydi Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov. – Sovrin va sovg‘alar qatorida “Bilayn”dan eng zamonaviy devayslar bo‘ladi: Samsung GALAXY S III smartfonlari, Samsung GALAXY Tab 2 planshetlari va ko‘plab boshqa uskunalar. Ularni yutib olish uchun esa dasturimizda faol ishtirok etish lozim”.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilda ICTExpo 2012 ko‘rgazmasi bir paytning o‘zida Toshkent, Navoiy va Termizda o‘tkazilmoqda. Batafsil ma’lumot http://ictexpo.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system