O’zbekistonning eng yaxshi call-markazi ekskursiyaga taklif qiladi

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) barchi istovchilarni www.brandnews.uz xalq onlayn ovoz berish natijalari bo‘yicha 2012 yilda O‘zbekistonning eng yaxshi call-markazi nomiga sazovor bo‘lgan Mijozlarga xizmat ko‘rsatish xizmati ofisiga taklif qiladi.

“Bu kabi tadbirlarni “Bilayn”ning O‘zbekiston bozoria bo‘lgan birichni kunlaridan amalga oshirib kelamiz, – voqeani sharhlaydi Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov. – Ham abonentlar, ham OAV vakillari call-markazga bir necha bor ekskursiya qilaganlar. Hozirda mobil aloqa bozorida yuzaga kelgan nooddiy sharoitlarda biz komapniya faoiyatini imkon qadar shaffof qilish harakatidamiz, shuning uchun kuz mobaynida ekskursiyalar har hafatada o‘tkaziladi”.

7 sentabr kuni “Bilayn” call-markaziga joriy yildagi ilk ekskursiya tashkillashtirildi. Unda Facebook ijtimoiy tarmog‘ining faol foydalanuvchilari ishtirok etishdi. 14 sentabrdan 30 noyabrga qadar har juma kuni soat 15:00 da Mijozlarga xizmat ko‘rsatish xizmati xodimlari barcha istovchilarni qarshi olishga, ularga call-markaz faoliyati haqida so‘zlab berishga va operatorlarning liniyadagi faoliyatini namoyish qilishga tayyor.

Ekskursiyada ishtirok etish uchun arizani help@beeline.uz manziliga F.I.SH. hamda kontakt ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda xat yoki Beeline Uzbekistanning http://www.facebook.com/beeline.uz korporativ Facebook-sahifasida xabar jo‘natish orqali berish mumkin.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system