“Bilayn” iPhone 5 uchun nanoSIM-kartalarning katta partiyasini xarid qildi

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) 3G va LTE standartida ishlovchi beshinchi avlod iPhone uchun nanoSIM-kartalarning birinchi partiyasini xarid qildi. Shu kunlarda Apple kompaniyasi San-Fransiskoda uning taqdimotini o‘tkazdi.

“O’zbekiston bozorida yangi iPhone paydo bo‘lishini kutayotgan Apple mahsulotining muxlislarining ko‘ngli to‘q bo‘lishi mumkin: biz nanoSIM ga bo‘lgan talabni qondirish haqida qayg‘urganmiz, – deydi Unitel MCHJ Tijorat direktori Dmitriy Grigorev. – Yangi avlod SIM-kartalarining birinchi partiyasi “Bilayn” savdo ofislarida oktabrda — iPhone 5 bilan deyarli bir paytda paydo bo‘ladi”.

NanoSIM formati iyunda Yevropa telekommunikatsion standartlari instituti tomonidan tasdiqlangan. SIM-karta hajmining kichraytirilishi smartfon ichida makonni tejashga imkon beradi, bunda uskuna korpusi ichidagi bo‘shagan makon boshqa maqsadlarga ishlatiladi. Yangi SIM-kartalar hajmi va faoliyati bo‘yicha bugungi kunda muomalada bo‘lgan kartalardan farqlanmaydi, biroq gabariti bo‘yicha ancha kichik: nanoSIM o‘lchami 9×12 mm (15×22 mm microSIM ga nisbatan), nanoSIM qalinligi esa taxminan 15% ga kichik.

Eslatib o‘tamiz, 2010 yilda “Bilayn” O‘zbekiston operatorlaridan birinchi bo‘lib abonentlarga iPad 3G va iPhone 4 uchun microSIM taklif qilgan.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system