O‘zbekistonda “Bilayn” tug‘ilgan kuni: 6 yil yorqin tarafda

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) O‘zbekistonda brend ishga tushganining 6 yilligini nishonlamoqda. “VimpelKom” kompaniyalar guruhi tomonidan Unitel MCHJ sotib olingan paytdan boshlab aktiv abonentlik bazasi 18 martta oshdi va birinchi yarim yillik natijalari bo‘yicha 7 000 000 dan ortiq abonentlarni tashkil qildi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, Unitel MCHJ Bosh direktori Andrey Safronyuk quyidagilarni qayd qildi: “Keyingi yillardagi keng ko‘lamli investitsiyalar to‘g‘ri qaror bo‘lgan: faqat 2011-2012 yillarda biz tarmoq rivojiga qariyb 300 million dollar kiritdik. 3G qamrovi o‘n marotalab kengaytirildi, joriy yilda esa LTE tarmog‘iga asos solindi. Bularning barchasi, shuningdek “Bilayn” xodimlarining professionalizmi hamda jamoaviy ruhi bizga bugun misli ko‘rilmagan nagruzkalar sharoitida xizmat sifati uchun kurashish imkonini bermoqda”.

“Bilayn” WAP, Dial-up, ADSL va GPRS dan tortib EDGE (2,5G), UMTS (3G), HSDPA (3,5G) va LTE (4G) gacha texnologiyalarning keng spektri bo‘yicha taqdim etlayotgan milliy internet xizmatlar bozorida yetakchi o‘rinlarni egallaydi. Bundan tashqari, 100 Mbit/s gacha tezlikda ma’lumotlar yetkazish imkonini beruvchi FTTB optik tolali tarmoqlarni faol ravishda yo‘lga qo‘yish ishlari olib borilmoqda.

Ushbu yillarda “Bilayn” foydasiga nafaqat millionlab abonentlar, balki mamlakatning minglab eng yirik korxonalari ham o‘z tanlovlarini hal qildilar. Ular qatorida Navoiy kon-metallurgiya kombinati, LUKOYL va O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki. Beeline Business mutaxassislari tomonidan taqdim etilayotgan qator konvergent birlashtirilgan yechimlarning respublika bozorida o‘xshashi yo‘q.

O‘zbekistonda brendni rivojlantirish strategiyasida xayriya ishlari alohida o‘rin egallaydi. “Bilayn” ijtimoiy mas’uliyati sohasiga an’anaviy tarzda kiruvchi sport, ta’lim va madaniyatdan tashqari kompaniya faxriylarni, nogironlarni va Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini qo‘llab-quvvatlamoqda. Bunda qator xayriya jamg‘armalari bilan hamkorlik qilmoqda. Jami 2011-2012 yillrada xayriya maqsadlariga qariyb 2 milliard so‘m yo‘naltirilgan.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system