“Bilayn” “Klik” tarifi abonentlariga internet-paketlarga ulanganda 25% tungi trafikni hadya qiladi

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) “Klik” tarif rejasi abonentlariga bonuslar taqdim etilishi haqida e’lon qiladi. 2012 yil 10 sentabrdan 300 Mb dan boslangan istalgan internet-paketga ulanganda abonentlar sovg‘a tariqasida uning hajmidan 25% ini tunda foydalanish uchun oladilar.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov shunday dedi: “Ko‘pchilik internet-paketlardan foydalanuvchilar ularni multimediani yuklash uchun ham ishlatadilar. Yangi bonuslar paketlar hajmini jiddiy oshiradi, bunda ko‘proq content olish imkoni bo‘ladi, tunda yuklash esa tarmoqqa bo‘lgan nagruzkani kamaytirishga ko‘maklashadi”.

Tungi bonusning amal qilish muddati paket muddati bilan bir xil. Bonusning amal qilish vaqti – 01:00 dan 09:00 gacha. Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system