Toshiba mobil DB-82 signalizatsiyasini ishlab chiqaradi

Jinoyatchi elementlar uchun qariyalar, ayollar va bolalar eng himoyasiz hisoblanadilar. Shu sababli ular o‘zlarini himoya qilishlari uchun va o‘zining qonuniy egasiga qarshi qo‘llash mumkin bo‘lmagan qurol zarur. Bugungi kunda tugmani bosganda qattiq shovqin ko‘tarishga yoki har qanday boshqa oddiy harakatga qodir bo‘lgan mobil signalizatorlar ko‘p paydo bo‘lmoqda.

Toshiba kompaniyasi mana shu qurilmalar o‘ziga xos yo‘nalishida har qanday ob-havo sharoitlarida ishlash qobiliyatini saqlab qoladigan signalizator yetishmasligiga e’tibor qaratdi. Shu sababli yaponiyalik ishlab chiqaruvchi sentabr oyi reliziga yomg‘ir yoqqanda ham ishlay oladigan DB-82 nomli qurilmani tayyorladi, suv o‘tkazmaydigan korpusi elektron komponentlarini ishonchli himoyalashni ta’minlaydi.

Toshiba DB-82 juda oddiy ishlaydi, undan foydalanganda 95 dB baland ovozda quloqni kar qilgudek kuchli signal eshitiladi. Ovozini o‘chirish ham juda oson. Jiddiy vaziyatlarda tezkor foydalanish uchun uni sumka yoki cho‘ntakdan chiqarib qo‘yish mumkin. Toshiba DB-82 qurilmasining tavsiya etilgan narxi 1400 yapon iyenini (taxminan $20) tashkil etadi.

Orphus system