SanDisk kompaniyasi flesh-xotiraning 25 yilligini nishonladi

SanDisk korporatsiyasi 20-avgust kuni hozirgi kunda juda muhim texnologiyaning — deyarli barcha yerda — smartfonlar, planshetlar, yupqa noutbuklar, ma’lumotlarni ishlab chiqish markazlari va boshqa turli elektron qurilmalarda foydalaniladigan flesh-xotiraning mavjudligi 25 yillik sanasini nishonladi.

SanDisk kompaniyasining ta’kidlashicha oxirgi o‘n yillikda flesh-xotiraning sig‘imi 30 ming barobarga oshdi, narxi esa 50 ming barobarga arzonlashdi. Birinchi SanDisk mahsuloti 20 Mbaytli qattiq jamlovchi bo‘lgan va 1991-yilda $1000 dollar narxda sotilgan, ammo bugungi kunda shunday kattalikdagi sig‘im atigi 2 sent turadi. Mana shunday jadal o‘sib borishi hisobiga flesh-xotira industriyaning mobil elektronika, raqamli materiallarni tarqatish kabi yo‘nalishlari katalizatori bo‘lib qoldi.

IDC ma’lumotlariga qaraganda, bu yili individual foydalanuvchilar filmlar, musiqa, hujjatlar va boshqa ma’lumotlar ko‘rinishida 2,7 zettabayt raqamli kontentlarni yaratadilar — bu 2005-yildagi shu ko‘rsatkichdan 20 barobar ko‘pdir. Lekin bu hali endi boshlanishi — yana uch yil o‘tishi bilan analitiklarning taxminlari bo‘yicha raqamli materiallar hajmi deyarli uch barobarga, 8 zettabaytgacha oshadi. Shu sababli yanada katta sig‘imli jamlovchilarga ehtiyoj kamaymaydi, flesh-xotira esa smartfonlar, planshetlar va kompakt mobil ShK’larga talab ortishi bilan keng tarqalishda davom etadi.

Manba: www.3dnews.ru

Orphus system