Qo‘ylardan bo‘rilar hujumi haqida SMS xabari

Shveytsariyalik olimlar cho‘ponlarga qo‘ylar bo‘rilar hujumi haqida SMS xabari yuborishlari mumkin bo‘ladigan tizim ustida ishlamoqdalar. Albatta, qo‘ylar bu ishni o‘zlari mustaqil amalga oshirmaydilar, ushbu jarayon qurilma yordamida avtomatlashtirilgan.

Ushbu qurilma qo‘yning bo‘yinbog‘iga mahkamlanadi va yurak urishi ritmi belgilangan chegaradan oshib ketsa, u ishga tushadi. Bu holat esa yirtqich paydo bo‘lganida hayvon qo‘rqib ketganida sodir bo‘ladi.

Yaqinda tizimning birinchi namunalari Shveytsariyada dala sinovidan o‘tkazildi, uzatkichlar bilan sensorlar o‘nlab qo‘ylarning bo‘yniga mustahkamlandi, shundan so‘ng poda tomonga ikkita bo‘risimon itlar (ovcharka it va bo‘ri gibridi) qo‘yib yuborildi. Albatta yirtqichlarga tumshuq bog‘lar kiydirilgan edi. Shunga qaramay, kutilganidek hujum haqida xabar qilish tizimi ishladi. Qo‘yning odatiy yurak urishi tezligi bir daqiqada 60 dan to 80tagachani tashkil etadi, biroq bo‘risimon jonivorlar paydo bo‘lishi bilan ushbu ko‘rsatkich bir necha bor o‘sdi va bir daqiqada 225 urishni tashkil etdi.

Qo‘yning yurak urishi tezligi belgilangan chegaraga yetganida baravariga ikki hodisa sodir bo‘ldi. Birinchidan, qurilma bo‘rilar hujumi ehtimoli kattaligi haqida cho‘ponga SMS-xabar jo‘natdi, ikkinchidan, yirtqichlarni qandaydir qo‘rqituvchi bir modda — repellentni purkadi. Kuzda loyihachilar qurilmaning seriyali namunalarini ishlab chiqarishni va’da qildilar, kelasi yili esa keng miqyosli sinovlar rejalashtirilgan. Ushbu sinovlar Shveytsariya va Fransiyada o‘tkaziladi, ushbu loyihaga Norvegiya ham qiziqmoqda.

Manba: www.tgdaily.com

Orphus system