PhoneSoap telefonlar dezinfektori
07.09.2012
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Har birimizda yoki ko‘pchilikda doim o‘zimiz bilan olib yuradigan bir buyumimiz bor. Gap mobil telefoni haqida bormoqda. Agar uni dezinfeksiya qilinmasa, telefondan foydalanish davomida qancha turli bakteriyalar to‘planishini bilasizmi?

Bakteriyalar telefonlarda misli ko‘rilmagan tezlikda ko‘payib boradi, axir telefonlar bakteriyalar uchun qulay muhit hisoblanadi, chunki issiqlik tarqatadi. Telefoni xavfsiz va tezkor mikroblardan tozalash uchun maxsus PhoneSoap dezinfektori ishlab chiqildi. Qurilma telefon solinadigan kichik bir qutidan iborat, uning ichida ultrabinafsha nurlari (UF) ta’siri ostida dezinfektsiyalash sodir bo‘ladi. Ma’lumki, ultrabinafsha nurlari bakteriyalar va viruslarni yo‘qotish uchun samarali vosita hisoblanadi. Bir necha tadqiqotlar natijalari telefonlarni 99,9 foiz bakteriyalardan tozalanishini ko‘rsatdi.

Telefonni to‘la dezinfeksiyalash uchun 3 daqiqadan 5 daqiqagacha vaqt talab etiladi. PhoneSoap dezinfektori tozalash vazifasini bajarishdan tashqari, telefon uchun quvvat olish qurilmasi bo‘lib ham xizmat qiladi. PhoneSoap dezinfektor gadjeti foydalanish uchun qulay, chunki avtomatik tarzda ishga tushiriladi va o‘chiriladi. Kelajakda gadjetlarni — PhoneSoap dezinfektorlarini ommaviy ishlab chiqarishni boshlash rejalashtirilmoqda, ularni taxminan 40 dollar narxda xarid qilish mumkin bo‘ladi.

Manba: www.timerobots.ru

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq