Моbil telefonlarini irg‘itish bo‘yicha yangi jahon rekordi o‘rnatildi

Finlyandiyaning Savonlinna shahrida mobil telefonlarni irg‘itish bo‘yicha 13-an’anaviy tanlov bo‘lib o‘tdi. Tanlovda bu yilda yangi jahon rekordi o‘rnatildi: 18 yoshli Ere Karyalainen o‘zining eski Nokia telefonini 101,46 metr uzoqlikka irg‘itishga muvaffaq bo‘ldi.

Ilgari chempion bo‘lgan ishtirokchi telefonini 94,97 metr uzoqlikka irg‘itganligini eslatib o‘tamiz. Kumush medalni Janubiy Afrikalik ishtirokchi Jeremi Gellop (94,67 m), bronza medalini esa — finlyandiyalik Oskari Xeynonen (86,94 m) qo‘lga kiritdi. Ayollar orasida 42,47 metr natija bilan Yonna Mattero (irg‘itish bo‘yicha sobiq sportchi) g‘olib bo‘ldi. Tanlov qoidalariga ko‘ra chempion yangi telefon bilan taqdirlanadi.

Manba: www.mobbit.info

Jurnalimiz tahririyati 2005-yilda Samsung kompaniyasi bilan birgalikda mobil telefonlarni irg‘itish bo‘yicha musobaqalar o‘tkazganligini eslatib o‘tamiz, o‘shanda erkaklar orasida Axayev Vladislav — Micros kompaniyasining savdo bo‘yicha menejeri — 64 metr 73 santimetr natija bilan g‘olib bo‘lgan, ayollar orasida esa Dechkova Elena Xrisantovna — TATU jismoniy tarbiya va sport kafedrasi o‘qituvchisi — 40 metr 18 santimetr natija bilan birinchi o‘rinni egallagan. Ko‘rib turganingizdek, bizda ayollar jahon miqyosidagi natijalarga yaqin bo‘lganlar.

Orphus system