Logitech yuviladigan Washable Keyboard K310 klaviaturasini taqdim etdi
07.09.2012
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Shveytsariyaning Logitech kompaniyasi SHK’lar uchun klaviaturalar qatorida yangi modelni — yuvish mumkin bo‘lgan Logitech Washable Keyboard K310 klaviaturasini taqdim etdi.

Washable Keyboard K310’ni changdan tozalash yetarli bo‘lmagan hollarda, suv oqimida doimo yuvib tashlash mumkin. Ishlab chiqaruvchining matbuot-xizmati xodimlari yangilik ergonomik bo‘lib, klavishlari odatiy joylashganligi, shuningdek, firma dizayniga ega ekanligi haqida xabar qiladilar.

Klaviaturani ketma-ket yuvish va 28 sm (USB-kabelidan tashqari) chuqurlikda suvga solish mumkin. Korpusining orqa tomonidagi suvni chiqarib yuborish teshikchasi qurilmani tezda quritib olishga imkon beradi.

Tugmalardagi belgilar lazer bilan o‘yib ishlangan va klaviaturani yuvish paytida harflar va belgilar yuvilib ketmasligi uchun ultrabinafsha bilan ishlov berilgan. Bundan tashqari, tugmalar 5 milliondan ortiq marta bosish uchun mo‘ljallangan.

Yuviladigan Logitech Washable Keyboard K310 klaviaturada tugmalar raqamli bloki va F-tugmalar to‘plami mavjud. Qurilma Windows XP, Windows Vista va Windows 7 operatsion tizimlari bilan ishlashga moslashtirilgan. Klaviaturada turli funksiyalarga darhol kirish uchun qo‘shimcha o‘n ikkita tezkor klavishlar mavjud. Yuviladigan klaviatura MDH davlatlarida 2012-yil oktabr oyi boshida taxminan $65 dollar narxda paydo bo‘lishi kutilmoqda.

Manba: www.cnews.ru

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq