Kamera o‘rnatilgan radio yordamida boshqariladigan Micro Spycam Helicopter vertolyoti

Insoniyat ishonch bilan XXI asrga kirib keldi, ammo uchar avtomobillar hozirgacha yo‘q. Shuning uchun ancha oddiy o‘yinchoqlar, misol uchun, radio yordamida boshqariladigan vertolyot bilan kifoyalanishga to‘g‘ri kelmoqda, ayniqsa, bugungi kunda ularga kichik kameralar o‘rnatish hech qanday qiyinchilik tug‘dirmasligi quvonchlidir. Mana shunday navbatdagi o‘yinchoq Micro Spycam Helicopter deb nom oldi.

Radio yordamida boshqariladigan Micro Spycam Helicopter vertolyoti barcha kerakli boshqarish tizimlariga ega, eng qiziqarli tomoni uning narxi arzonligi hisoblanadi. O‘yinchoq ochiq maydonlarda hamda xonada parvoz qilish uchun mo‘ljallangan. Vertolyot to‘plamida uy jihozlariga urilib shikastlanishi yoki uy hayvonlari g‘ajib tashlagan hollar uchun qo‘shimcha parraklar ham mavjud. Kameraning texnik ko‘rsatkichlari haqida ma’lumot berilmaydi, faqatgina fotosuratga hamda videosuratga olishi haqida xabar beriladi, materiallar microSD xotira kartasiga yoziladi, 1 Gbayt sig‘imli jamlovchi ham va kompyuterga ulash uchun kardrider ham jamlovchi to‘plamda taqdim etiladi.

www.HobbyKing.com internet-do‘konida radio yordamida boshqariladigan kamerali Micro Spycam Helicopter vertolyoti atigi $29,25 dollar narxida sotiladi.

Orphus system