Britaniya aeroportida virtual supermarket

London yaqinida joylashgan Gatvik aeroporti Britaniya katta chakana savdo tarmog‘i yangi loyihasi uchun test sinovlari maydoniga aylandi. Tesco kompaniyasi ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan oddiy bir muammo bilan kurashishga qaror qildi. Masalan, oila dam olishga jo‘nab ketmoqda, albatta, bunga xursand bo‘lish kerak, ammo turmush tashvishlari xayoldan ketmaydi. Muzlatgichdagi mahsulotlar qaytib kelgungacha saqlanarmikan? Agar saqlanmay qolsa, yo‘ldan qaytish bilan darhol supermarketga borishga to‘g‘ri keladi.

Shuning uchun Tesco kompaniyasi London Gatvik aeroportidagi kutish zalining o‘zida «virtual oziq-ovqat do‘konini» o‘rnatdi. Virtual do‘kon to‘rtta katta formatli interfaol ekrandan tashkil topgan, ularning har birida 80 turdagi mahsulot taqdim etilgan. Agar mijoz xarid qilmoqchi bo‘lsa, u maxsus mobil ilovalarni yuklab, har bir mahsulotning shtrix-kodini oladi. Virtual do‘kondan xaridni amalga oshirib bo‘lgandan so‘ng xaridor yetkazib berilishi sanasini — ya’ni safardan qaytish kunini ko‘rsatadi.

Tesco.com kompaniyasi marketing bo‘yicha menejeri Mendi Minikello (Mandy Minichiello) ushbu tashabbusni qandaydir ekzotik fokus deb hisoblash kerak emas, bu ko‘proq kelajakka eshikdir. — deydi. Masalan, 2016-yilga kelib, barcha mobil qurilmalarni taxminan 90 foizi smartfonlardan iborat bo‘ladi, demak, ularning imkoniyatlaridan bugungi kundayoq foydalanish kerak. Minikello xonimning aytishiga qaraganda, savdo tarmog‘i o‘z mijozlarining hayotini yengillashtirishga intiladi va kerakli yo‘nalishda ishlarni davom ettirish uchun yangi tashabbus xususida ularning fikrlarini kutadi.

Test sinovlari yaqin ikki hafta mobaynida davom etadi. Mana shunga o‘xshash yechimdan Tesco kompaniyasi hozirda Janubiy Koreyada foydalanmoqda, bu yerda metro stansiyalari va avtobus bekatlarida supermarketlar peshtaxtalari tasviri bilan kengformatli posterlar paydo bo‘ldi, ular yordamida yuqorida aytilgani kabi ish kuni yakunida uyga yetkazib berilishi bilan buyurtmalarni amalga oshirish mumkin.

Manba: www.cnet.com

Orphus system