“Bilayn” 6 ta Brand Award 2012 nominatsiyasini oldi
07.09.2012
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) Brand Award 2012 Birinchi respublika tanlovida 6 ta nominatsiyada taqdim etildi. Uning birinchi bosqichi 1 sentabrda boshlangan.

25 noyabrga qadar davom etivchi Xalq ovoz berishi doirasida www.brandnews.uz ijtimoiy-axborot portal tashrifchilari 15 ta nominatsiyada eng yaxshi ishtirokchilarni tanlaydi, shundan so‘ng tanlov jyurisi tarkibidagi ekspertlar o‘z qarorlarini qabul qiladilar.

“O‘tgan yilda “Bilayn” O‘zbekistonning eng yaxshi brendi, deb tan olingan va bu safar bir yo‘la 6 ta nominatsiyaga sazovor bo‘lganimizdan xursandmiz, – voqeani sharhlaydi Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov. – Ishonamanki, internet-foydalanuvchilar ko‘magida biz yana bir bor munosib natijalarni ko‘rsatamiz”.

“Bilayn” Brand Award 2012 ning quyidagi nominatsiyalarida taqdim etildi: O‘zbekiston bozoridagi eng yaxshi xalqaro brend, Eng yaxshi PR-kampaniya, Eng yaxshi logotip, Eng yaxshi slogan, Eng yaxshi videorolik, Eng yaxshi bilbord.

Batafsil ma’lumot www.brandnews.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq