Samsung GALAXY Tab 2 plansheti endilikda Beeline Business mijozlariga ham sotiladi

Beeline Business (Unitel MCHJ va Buzton QK) ilgari ommaviy bozorda taqdim etilgan Samsung GALAXY Tab 2 planshetli kompyuter savdosini boshladi. Yangi uskuna tezkor yuklanish, sifatli namoyish, shuningdek kuchli ikki yadroli TI OMAP4430 1000 MGs protsessori yordamida web-sahifalarni tez ochilishini kafotlatlaydi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov quyidagilarni qayd qildi: “Biz korporativ mijozlarimizga ish jarayonlarini maqbullashtiradigan ishonchli uskunani taqdim etishdan xursandmiz. Planshet a’lo darajadagi zamonaviy netbuklar o‘rnini bosuvchi hisoblanadi, chunki u bilan safarlarda ishlash qulay”.

Samsung GALAXY Tab 2 narxi $700. Uni xarid qilgan abonentga bonus sifatida 6 oy mobaynida har oyda 200 Mb taqdim etiladi. Batafsil ma’lumot http://b2b.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system