Qiziqarli fAKTlar. Mashhur IT-kompaniyalari nomlarining kelib chiqish tarixi

Axborot texnologiyalari sohasidagi eng qiziqarli ma’lumot va axborotlarni nashr etishda davom etamiz. Sahifamizda jahonda mashhur Nanorobotlar haqida hikoya qilamiz.

RIM (Research In Motion) yoki «harakatdagi tadqiqotlar»
Kanadaning simsiz aloqa qurilmalari ishlab chiqaruvchisi; ko‘pchilik tomonidan biznes uchun eng yaxshi yechim mavqeiga ega, deyarli butun dunyoda mashhur BlackBerry smartfonlari yaratuvchisi. Qurilmalardan tashqari, kompaniya o‘z mijozlariga ular uchun dasturiy ta’minotlar hamda kerakli servis xizmatlarini taqdim etadi.

Kompaniya (uning nomi «harakatdagi tadqiqotlar» deb tarjima qilinadi) 1984-yilda tashkil etilgan. Aynan o‘sha yili kelib chiqishi grek millatiga mansub, 1967-yildan buyon Kanadaga ko‘chib o‘tgan talaba Mayk Lazaridis (Mike Lazaridis) shaxsiy kompaniyasini tashkil etish uchun hukumatdan subsidiya olishga erishgan. O‘qishni tashlab va ishda ishtirok etishga o‘zining ikki do‘stini taklif qilib, kompaniyani tashkil etdi. Shunday qilib, 1985-yilda Research In Motion Ltd rasman ro‘yxatga olindi.

Kompaniya dastavval aloqa sohasida ishlar olib bordi. Dasturiy va apparatli qismlar ishlab chiqish ishlari bilan shug‘ullandi. Asoschilarni simsiz texnologiyalar juda qiziqtirardi. Dastlab faqat boshqa kompaniyalar ishlashga to‘g‘ri keldi, asta-sekin «tanishlar davrasi» kengayib bordi va unga mashhur ishlab chiqaruvchilar ham kira boshladi. Shunday qilib, birinchilar qatorida General Motors of Canada Ltd kompaniyasidan buyurtmalar olindi. O‘tgan asr 80-yillarining oxirida kompaniyaning aylanma mablag‘i million dollarni tashkil etdi. 1992-yil yanvar oyida Ericsson Hewlett-Packard kompaniyasi buyurtmasi bo‘yicha yaratilgan o‘zining birinchi radio-modemini taqdim etdi — uning uchun dasturiy ta’minot RIM kompaniyasi tomonidan yaratilgan edi.

Kompaniyaning rivojlanishida 1995-yilda kompaniya rahbari lavozimini egallagan moliya bo‘yicha mutaxassis Jim Balsilli (Jim Balsillie) katta rol o‘ynadi. Aynan uning rahbarligi ostida Research In Motion jadal rivojlandi, o‘z mahsulotini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanishga erishdi. Eng birinchi ishlab chiqarilgan qurilma Freedom radio-modemi bo‘ldi. 1997-yilda kompaniya katta ekran va QWERTY-klaviaturalar bilan ta’minlangan peyjerlarni yarata boshlaydi. 1999-yilda esa BlackBerry brendi ostida birinchi smartfonlar ham paydo bo‘ladi. BlackBerry 5810ta qo‘ng‘iroqni amalga oshirishga qodir birinchi model bo‘ldi. To‘g‘ri u kiritilgan dinamik va mikrofonga ega bo‘lmagan va muloqot uchun maxsus garnitura talab qilinardi. Ammo bu faqat boshlanishi edi.

Bugungi kunda, AQSH hududida BlackBerry smartfonlari o‘nlab million donalab sotiladi, faqatgina iPhone qurilmalari bundan ko‘p sotiladi. Nimasini aytasiz, 2010-yil may oyida kompaniya mashhur Motorola kompaniyasini siqib chiqarib mobil telefonlar ishlab chiqaruvchilari yetakchi beshligi qatoriga kirdi.

Kompaniya faqat qurilmalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmadi. Foydalanuvchilarga faqat qurilmalarning o‘zi emas, undan ortig‘i kerakligini tushunib, kompaniya biznes-foydalanuvchilar uchun juda muhim hisoblangan turli xildagi servislarni faol rivojlantira boshlaydi. O‘shandan boshlab kompaniya qurilmalari foydalanuvchilari ro‘yxatida AQSH’ning ko‘plab mashhur shaxslari turadi. Kompaniyaning yillik daromadlari milliardlarni tashkil eta boshladi. 2008-yilda Research In Motion Kanadaning eng yaxshi ish beruvchisi deb tan olindi. 2010-yil aprel oyidan boshlab, kompaniya Harman Internationaldan sotib olingan QNX operatsion tizimiga egalik qiladi.

Ko‘pchilik BlackBerry bilan tanishishga ulgurgan bo‘lsa ham, bizning mamlakatimizda RIM kompaniyasi hozircha barchaga yaxshi ma’lum emas. Kompaniyaning bosh ofisi Kanadaning Ontario provinsiyasidagi Vaterlooda (Waterloo, Ontario, Canada) joylashgan. Kompaniyada butun dunyo bo‘ylab taxminan 12000’ga yaqin kishi mehnat qiladi.

Manba: http://www.brandreport.ru/brand351.html

Biznes-smartfonlar texnologiyalari xususiyatlari
BlackBerry smartfonlarining ko‘plari kengformatli QWERTY klaviaturalariga ega, bu ma’lumotlarni kiritish, matn bilan ishlashni osonlashtiradi. Word, Excel, PowerPoint, PDF, WordPerfect, ASCII text, HTML va ZIP formatlarida hamda JPG, BMP, GIF, PNG, TIFF grafik formatlarida ma’lumotlarni olish, saqlab qolish, tahrir qilish hamda jo‘natish imkoniyatlari mavjud.

Maxsus serverdan (BlackBerry Enterprise Server, BES) foydalanish va xabarlarni qo‘lga tushirishdan himoyalash uchun AES standarti bo‘yicha shifrlash imkoniyati smartfonlarning o‘ziga hos xususiyati hisoblanadi.

BlackBerry pochta tarmoqlarining ishlash tamoyili BlackBerry qamrab olgan tarmoqda kommutator qayd etilganidan so‘ng tizim individual identifikatsion raqami bo‘yicha (PIN) alohida har bir BlackBerry kommunikatorini ro‘yxatga kiritadi va keyin tanib oladi. Har bir asbobda mavjud bo‘lgan alohida raqam PIN («peer-to-peer» tizimi) xabarlarni uzatishni amalga oshirishga imkon beradi.

Bunday xabarlar jo‘natuvchi-asbobidan oluvchi-asbobga darhol kelib tushadi va bundan tashqari, tizim shu kabi turdagi xabarlarning yetkazib berilganligi haqida hisobot taqdim etadi. Bundan tashqari, asbob avtomatik tarzda PIN-xabarlar sarlavhalarini qizil rang bilan ajratib ko‘rsatadi. BlackBerry Messenger ilovasi ham peer-to-peer texnologiyasidan foydalanadi, ammo ilovaning ishlash algoritmi ICQ yoki AOL kabi mashhur internet-messenjerlar ishlashi algoritmini eslatadi.

RIM operatsiyalar tarmog‘i markazi mahsulot jo‘natuvchi va oluvchi o‘rtasida vositachi hisoblanadi, bu yerda serverlar o‘rnatilgan va mobil operator joylashgan.

Smartfonni qo‘l yordamida bir-biriga moslashtirib sozlash va pochta serveri talab qilinmaydi. Internet-trafikni tejash va ma’lumotlarni darhol uzatilishiga erishish maqsadlarida kompaniya ma’lumotlarni siqish algoritmlaridan foydalanadi.

Research In Motion kompaniyasi vaqti-vaqti bilan shifrlash kalitlari xususida janjallar markazida bo‘lib qoladi. Masalan, fransiyalik mansabdorlar ushbu kompaniyaning kommunikatorlaridan, shu jumladan, maxfiy ma’lumotlarni uzatish kommunikatorlaridan faol foydalanadilar, biroq kompaniyaning serverlari Angliya va AQSH’da joylashgan. Ular BlackBerry qurilmasidan foydalanishga cheklashlar kiritishlari mumkin. Aynan mana shu sababli hamda xizmatlarning qimmatligi sababli, BlackBerry jahonda unchalik keng tarqalmagan.

2010-yilning iyun oyida RIM kompaniyasi 100 millioninchi BlackBerry smartfonini sotgani haqida hisobot berdi. AQSH’da BlackBerry smartfonlari bozorda yetakchi hisoblanadi, umuman olganda, BlackBerry mahsulotlari jahonning 175 mamlakatlarida sotiladi.

Shunga qaramay, oxirgi ikki yil RIM kompaniyasi uchun unchalik muvaffaqiyatli bo‘lmadi. Yaqin davrda Kanadaning RIMi qulashi haqida gapira boshladilar.

Google Finance ma’lumotlariga qaraganda RIM kompaniyasining aksiyalari qimmati 2011-yil davomida besh martadan ortiqqa pasayib ketdi.

2012-yil yanvar oyida investorlarning tanqidlari sababli Mayk Lazaridis bosh ijrochi direktor lavozimidan tushirildi va direktorlar kengashi raisi o‘rinbosari va innovatsiyalar bo‘yicha bosh qo‘mita rahbari etib tayinlandi. Kompaniyaning SEO bosh operatsion direktori etib Torsten Xeyns tayinlandi. Kompaniyaning ikkinchi asoschisi Djim Balsilli direktorlar kengashi tarkibida qoldi, ammo operatsion vakolatlaridan mahrum bo‘ldi. Uning direktorlar kengashi raisi lavozimini Barbara Staymest egalladi. 2012-yil mart oyida Jim Balsilli direktorlar kengashini tark etdi.

Smartfonlar bozorida raqobat kuchayib bormoqda. RIM raqobatchilar kuchli siquvlari ostida qulamaydi deb ishonib qolamiz.

Orphus system