«Bilayn» O‘zbekistondagi operatorlardan birichni bo‘lib Samsung GALAXY Tab 2 planshetini sotishni boshladi

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK MCHJ) Samsung GALAXY Tab 2 planshetli kompyuter savdosi boshlanganligi haqida e’lon qiladi. Yangi uskuna multimediali kontent bilan tez ishlash, shu jumladan tezkor yuklanish, sifatli tasvir, shuningdek kuchli ikki yaderli TI OMAP4430 1000 MGs protsessori yordamida web-sahifalarni tez ochilishini talab qiladigan eng faol foydalanuvchilar umidlarini oqlaydi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, Unitelning Jamoatchlik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov quyidagilarni qayd qildi: “Samsung bilan hamkorligimiz rivojlanmoqda va “Bilayn” O‘zbekiston bozorida “aqlli” uskunalar ishlab chiqarish bo‘yicha jahon yetakchilaridan birining planshetini taqdim etgan birinchi operator bo‘ldi. Bu biz tomondan o‘tgan yilning kuzida beri sotilayotgan GALAXY premium-devayslar qatorining mantiqiy davomiga aylandi”.

Samsung GALAXY Tab 2 narxi – 1 599 000 so‘m. Xarid qilgan abonentga bonus sifatida 6 oy mobaynida har oyda 200 Mb taqdim etiladi. Planshetni Toshkent shahridagi “Bilayn”ning o‘z ofislarida naqd pul, shuningdek bank plastik kartasi yordamida xarid qilish mumkin.
Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system