“TeliaSonera” rahbari Lars Nyubergning Toshkentga tashrifi
29.08.2012
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

2012 yil 29 avgust kuni “TeliaSonera” shved-fin transmilliy telekommunikasion kompaniyasi rahbari Lars Nyuberg Toshkentga ishchi tashrif bilan keldi.

Bugungi kunda “TeliaSonera” kompaniyalar guruhi Skandinaviya va Boltiq bo‘yi davlatlarida, Ispaniyada va Yevroosiyoning rivojlanayotgan bozorlarida mobil aloqa ximzatlarini taqdim etib kelmoqda. “TeliaSonera” jami umumiy aholi soni 460 milliondan ortiq kishini tashkil qilgan 20 ta davlatda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Aholining qariyb 200 millioni “TeliaSonera” tarkibiga kiruvchi komapniyalar abonentlari hisoblanadi. O’zbekistonda “TeliaSonera” korporasiyasi mamlakatning barcha aholisiga 2008 yil iyundan tanish bo’lgan “Ucell” brendi bilan taqdim etilgan.

Lars Nyubergning O‘zbekiston Axborotlashtirish va aloqa agentligi Bosh direktori X.Mirzohidov bilan uchrashuvi chog‘ida “TeliaSonera” Yevroosiyo mintaqasida dinamik rivojlanayotgan mobil operatori ekanligi qayd qilindi. Keyingi samarali o‘zaro manfaatli hamkorlik hamda “TeliaSonera” tomonidan respublikaga investitsiyalar oqimining yanada ortishiga xizmat qiluvchi ishchi munosabatlar rivoji masalalari muhokama etildi.

Xususan, Lars Nyuberg “Ucell” ilg‘or innovatsion kompaniya bo‘la turib, mamlakatda birinchilardan 4G standartidagi yangi avlod aloqasini sinovdan o‘tkazganligi va keyingi 3 yilda ma’lumotlar yetkazish bo‘yicha xizmatlar hajmini bir necha barobar oshirganligini qayd etdi. Kompaniya telekommunikatsiya xizmatlari sohasida yangi va ilg‘or texnologiyalarni yaanda rivojlantirish va joriy qilishni davom ettirishni rejalashtirgan, bu O‘zbekistonni dunyoning rivojlangan davlatlari bilan bir qatorga qo‘yadi.

“TeliaSonera” “Ucell” sifatida O‘zbekistonda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga, yangi ish joylarini yaratishga, bizesmen va oddiy fuqarolarni eng zamonaviy aloqa texnologiyalari bilan ta’minlashga har tomonlama o‘z hissasini qo‘shishga tayyorligi alohida ta’kidlandi.

“TeliaSonera” rahbari 2012 yilda ochilgan “Ucell-Caf?” innovatsion muassasasida bo‘ldi. U yangilikni munosib baholadi – mazkur Internet-kafeda istalgan tashrifchi nafaqat eng yaxshi oshpazlarning ajoyib taomlaridan bahramand bo‘lishlari, balki yangi kommunikatsion uskunalarni sinab ko‘rishi, yuqori tezlikdagi Internetning sifatini baholashi mumkin.

“Ucell” kompaniyasi personali bilan uchrashuv doirasida “TeliaSonera” rahbari Lars Nyuberg kompaniyaning O‘zbekistondagi xodimlarining ta’lim, shaxsiy o‘z-o‘zini rivojlantirish dasturlarini joriy qilish, ijtimoiy imtiyozlarni taqdim etish bilan bog‘liq yanada ahloqiy rag‘batlantirish istiqbollariga e’tibor qaratdi.

Shuningdek, Lars Nyubergning Toshkentga tashrifi doirasida “Ucell” kompaniyasining yangi bosh direktori taqdim etildi. U shu kunga qadar “Azercell” –“TeliaSonera” guruhining Ozarbayjondagi mobil operatori bosh direktori bo’lgan Ali Agan bo‘ldi.

Xodimlarga murojaat qilar ekan, “Ucell”ning yangi rahbari “Ucell”ga 2008 yildan buyon rahbarlik qilgan Oguz Memigyuven tomonidan O‘zbekistondagi yetakchi mobil operatori rivojiga qo‘shilgan hissani munosib baholadi. Mijozlar bazasining 8 mln. abonentga qadar o‘sishi va O‘zbekiston mobil aloqasi bozorida kompaniya hissasining dinamik ortib borishi – bular kompaniya personalining g’ayratli va fidoyi mehnatlaridan dalolat beradi.

O‘zbekiston va “TeliaSonera” transmilliy telekommunikatsion kompaniya o‘rtasida mustahkamlanib borayotgan ishchi muzokara mehnatlari munosib baholangan “Ucell” xodimlarining yanada aktiv faoliyatini ko‘zlaydi, so‘zini yakunladi Lars Nyuberg.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq