“Bilayn”: dunyoning o‘nta davlatida yangi rouming-hamkorlar
29.08.2012
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) xalqaro rouming geogarfiyasining navbatdagi kengaytirilganligi haqida xabar beradi. Free Mobile (Fransiya), T-Mobile (Germaniya), Vip (Xorvatiya), MTML (Mavrikiy), Tigo (Ruanda), Tigo Millicom (Chad) va NPLNM (Nepal) kompaniyalari bilan ovozli rouming xizmatini ko‘rsatish shartnomalari imzolandi. Endilikda Telefonica O2 (Buyuk Britaniya), Yoigo (Ispaniya) va Mobilkom (Avstriya) hamkorlik tarmoqlarida CAMEL-rouming xizmatlari amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, CAMEL-rouming xizmati “Bilayn” aloqasidan har qanday musbat balansda foydalanish imkonini beradi, ya’ni $50 li kafolatli to‘lovsiz, abonent balansi $0 ga kelmaguncha. Bunda hisobdagi mablag‘ esa real vaqtda yechilib boriladi. CAMEL-roumingni aktivlashtirishga hojat yo‘q, chunki u telefonda avtomatik ravishda yoqilgan. Bu xizmat turidan oldindan to‘lov tizimida bo‘lgan abonentlar-jismoniy shaxslar, hisobda har qancha musbat qoldiq mavjudligida, foydalanishlari mumkin.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq